Faoliyatning borishi:
1. O‘yin syujetini o‘ylab topish.
2. Syujetni sahnalashtirish uchun rollar
taqsimoti.
3. Syujetli-rolli o‘yin.
Qo‘shimcha: yoqtiradigan taomlar haqida so‘zlab
berish.
Etiborga molik jihat: o‘yin mobaynida bolalarning o‘zaro munosabatlari;
o‘yin ishtirokchilarning emotsional holati.
Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish
Hunarmandlar shahri
Maqsad: chizma asosida tavsifiy hikoya tuza
oladilar, nutqda fe’l turkumini qo‘llash, turli
kasbdagi kishilarga o‘z qiziqish va hurmatini
ifodalashga o‘rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: taqdimot, turli
kasb vakillarining ish kiyimlari (formalari)
va ularning ish qurollari.
Faoliyatning borishi:
1. Tarbiyachi Bergan topshiriqlarga
javoblar topish:
Kim sizlarga ko‘ylak, kurtka va sevimli oziq-
ovqatlarni sotadi? (Sotuvchi).
Kim hamma kasalliklarni davolaydi, kimga nima foydali ekanligini biladi? (Shifokor).
Kim yonginni o‘chiradi, odamlarni qutqaradi? (O‘t o‘chiruvchi).
Kim mashinada yuk tashiydi? (Haydovchi).
Kim fen, taroq yordamida modaga mos sochlarni
turmaklaydi? (Sartarosh).
Kim bizga tushlik tayyorlaydi: sho‘rva, kotlet,
vinegrstlar? (Oshpaz).
Kim tinchligimizni saqlaydi, buzgunchilarni
tutadi? (Ichki ishlar xodimi).
Kim maktab, uy, bolalar bog‘chasi, do‘konlarni
quradi? (Quruvchi).
Qo‘shimcha: turli kasblarning ish kiyimi va
ish qurollari bilan tanishish. Har bir kasbga
mos fe’l turkumini tanlash: «Nima qilyapti?»
savoliga javob berish (masalan, oshpaz
iishiradi, qovuradi, tayyorlaydi; shifokor
davolaydi, ukol qiladi. Quruvchi - quradi va h.k.)
Etiborga molik jihat: bolalar nutqi, fe’llarni to‘g‘ri qo‘llay olish malakasi.
San’at markazi
Applikatsiya: Kasblar kitobchasi
Maqsad: kasblar to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega
bo‘ladilar, ayrim kasblarning asosiy vazifasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |