Январь ойи


Kerakli jihoz va materiallar


Download 6.53 Mb.
bet78/198
Sana05.11.2023
Hajmi6.53 Mb.
#1749774
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   198
Bog'liq
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish

Kerakli jihoz va materiallar: rangli qog‘oz,
karton, kasblar to‘g‘risida rasm va tabriknomalar, yelim, qalam, qaychi, salfetka; kitobchani jamlash namunasi.
Faoliyatning borishi:
1. Namuna bo‘yicha kitobchani yasash.
2. Jurnallardan kasblar to‘g‘risidagi
rasmlarni tanlab va ularni qirqib olish.
3. Kitob varaqlarini kasblar to‘g‘risidagi
rasmlar bilan to‘ldirish va kasblar nomini har
bir rasm tagiga bosma harflarda yozib chiqish.
4. Kitob muqovasini bezash.
Qo‘shimcha: o‘z kitoblari bilan bir-birlarini
tanishtirish.
E’tiborga molik jihat: ishga ijodiy yondasha
olish, tartibli ishlay olish va ish joyini
tartibga keltirish.
Fan va tabiat markazi
Tabiat kalendari(amaliy tajriba)
Maqsad: ob-havo o‘zgarishini kuzatish va
ma’lumotlarni maxsus jadvalga kiritishni
biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: tashqaridagi
haroratni o‘lchaydigan Termometr, qalamlar,
kuzatish varag‘i
Faoliyatning borishi:
1. Ob-havo o‘zgarishini kuzatish.
2. Kuzatish varag‘iga ma’lumotlarni
kiritish: ko‘chadagi ob-havo haroratini belgilash.
3. Osmondagi o‘zgarishlarni kuzatish va
ularning rasmini chizish.
Qo‘shimcha: tabiat kalendari muntazam ravishda
o‘quv yili mobaynida to‘ldirilib borilishi
mumkin.
Jihoz va materiallar: kuzata olish, tahlil
qilish va xulosa chiqarish.
San’at markazi
Kuzgi osmon
Maqsad: kuz osmonining o‘ziga xosligi va kuzgi
tabiat o‘zgarishlarini biladilar. Osmondagi oq
va qora bulutlar haqida tushunchalarga egalar.
Oq bulut havoning ochiqligidan, qora bulut
esa hademay yomg‘ir yog‘ishidan darak berishini
biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, bo‘yoqlar,
suv idishi.
Faoliyatning borishi:
1. Kuz osmoni, ob-havo va osmondagi
o‘zgarishlarni so‘z bilan tasvirlab berish.
2. Kuz osmoni tasvirlangan fotosuratlarni
tomosha qilib.
3. Osmon rasmini chizish va uni kuzgi
ko‘rinishga moslab bo‘yash.
4. Galyereya tashkil etish, rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: jamoa ishini tashkil etish.
Etiborga molik jihat: yil fasllarining o‘ziga
xosligini bilish, tasavvurni rivojlantirish
va yangi rang turlarini yaratish malakalarining
rivojlanishi.




Download 6.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling