Январь ойи
Download 6.53 Mb.
|
Tayyorlov g ta\'limiy mavzuni rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loy ishi: « Biz qishda s ayrdamiz»
- Kerakli jihoz va materiallar
- Qo‘shimcha
Faoliyatning borishi:
1. Qish tasvirlangan rasmlarni ko‘zdan kechirish. 2. Bolalar tomonidan rasmning mazmuni, syujetini aniqlash. 3. Bolalarning amaliy ishlari. 4. ajarilgan ishlar muhokamasi va rag‘batlantirish Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga tabiat burchagini o‘z chizgan rasmlari bilan bezatib qo‘yishni taklif qilishi mumkin. E’tiborga molik jihati: o‘ziga bo‘lgan ishonchni, tashabbuskorlikni, bolalarning ijodiy fikrlarini qo‘llab-quvvatlash. San’at markazi Loy ishi: «Biz qishda sayrdamiz» Maqsad: bolalar loy yoki plastilin bilan ishlashnish turli usullarini egallash, inson shakli va harakatlarini, ularning harakterli belgilarini, nisbatini yanada aniq ifodalay olish malakalarini egallaydilar. Kerakli jihoz va materiallar: plastilin, salfetka, steklar, taxtachalar, bo‘sh «qishki maydoncha» maketi. Faoliyatning borishi: 1. Bolalar qo‘g‘irchoqlar qatnashuvchi o‘yin syujetlarini o‘ylab topadilar. 2. Plastilinning tegishli rangini tanlaydilar. 3. Bolalarning amaliy ish faoliyati. 4. Bolalar «Qishki maydoncha»ga o‘zlari yasagan figuralarni o‘rnatadilar. Qo‘shimcha: tarbiyachi maydonchada ko‘shimcha o‘rindiq, arg‘imchoqlarni o‘rnatishni taklif qiladi. E’tiborga molik jihati: ijodiy qobiliyatni, barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish. Til, nutq va savodxonlikka o‘rgatish markazi Qish haqidagi rasmni jamla (pazllar) Maqsad: bolalar o‘zlarida fikrni ifodalash uchun eng aniq so‘zni tanlay olish ko‘nikmasini shakllantiradilar, qish, qish belgilari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar. Kerakli jihoz va materiallar: qish fasliga oid rasmlar-pazllar. Faoliyatning borishi: 1. Qish haqidagi she’rlarni eslash va aytib berish. 2. Pazl - rasmlarpi ko‘zdan kechirish va taqsimlash. 3. Bolalar tomomidam pazldan rasm hosil qilish. 4. Qanday rasm hosil bo‘lganligi haqida rasm asosida qisqa hikoya tuzish. Qo‘shimcha: tarbiyachi qish haqidagi maqol va tez aytishlarni taklif qilishi mumkin. E’tiborga molik jixati: maqol va tez aytishlarning ma’mosimi tushunish. Barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish, pazl-rasmlarning to‘g‘ri joylashtirilishi. Til, nutq va envndxonlikka o‘rgatish markazi Download 6.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling