E’tiborga molik jihati: tushuntirish va o‘tgan tajribani umumlashtirish, tabiat va tabiat hodisalarini sevish va ulardan hayratlanish.
Qurish, konstruktsiyalash va
matematika markazi
Sport haqidagi rasmni to‘pla. (patlar)
Maqsad: bolalar mayda qo‘l motorikalari rivojlanadi, sportning turli shakllari haqidagi bilimlarni o‘zlashtiradilar, sportga qiziqish va sport bilan shug‘ullanish istaklari paydo bo‘ladi.
Kerakli jihoz va materiallar: sportga oid
rasmlarning pazllari, turli sport shakllari
haqidagi rasmlar
Faoliyatning borishi:
1. Sport turlari haqidagi rasmli
kartochkalarni tomosha qilish.
2. Bolalarning pazllarni yig‘ishi.
3. Rasmi hosil bo‘lgan sport turi nomini
aytish.
Qo‘shimcha: bolalar yana qanday sport turlarini
bilishini aytib beradilar.
E’tiborga molik jihati: so‘zlarni to‘g‘ri
tanlash va o‘z fikrini ifodalash uchun gapni to‘g‘ri tuzish.
San’at markazi
Rasm chizish: «Menga qaysi sport turi yoqadi?»
Maqsad: bolalarning ijodiy tasvirlashga
qiziqishlari oshadi, syujetning asosiy
alomatlari, iisbatlar va ranglarni ifodalay
oladilar, sport turlari haqidagi bilimlari
kengayadi.
Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, akvarel
bo‘yoq, qalamlar, salfetkalar, sportning turli
shakllari, musobaqalar haqidagi rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuli rasmlarni tomosha qilish.
2. Bolalar o‘zlariga qaysi sport turi
yoqishini aytishadi va mustaqil ravishda o‘z
rasminish syujetini tanlaydilar.
3. Bolalarning ishlari.
4. Chizilgan rasmlar muhokamasi.
Qo‘shimcha: bolalarning rasmlaridan «Sog‘lom
tanda - sog‘ aql» ko‘rgazmasini tashkil qilish.
E’tiborga molik jihati: rasm chizish davomida o‘z g‘oyalarmin ifodalanishiga erishish.
Til, nutq na savodxonlikka o‘rgatish markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |