Mavzu
|
« Mavsumiy o‘zgarishlar»
|
Muddati
|
Mart oyining 2-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
|
Bolalarning jismoniy rivojlanishini jismoniy mashqlarni mustaqil bajarish orqali mustahkamlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish haqidagi bilimlarini mustahkamlash
|
Ijtimoiy-xissiy rivojlanish
|
Bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lish, jamoa bo‘lib faoliyatlarda qatnashish ko‘nikmasini tarbiyalash.
|
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
|
O‘z fikrini aniq va tushunarli bayon etishni bilish, nutqda hurmat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan foydalanish, rasmga qarab tavsiflovchi hikoyalar tuzish malakalarini oshirish. 8 mart, Navro‘z bayramlari haqidagi bilimlari va tasavvurlarini mustahkamlash.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Geometrik shakllar, tartib bilan 20 gacha sanashga doyr bilimlarni mustahkamlash, bahor fasliga xos o‘zgarishlarni bilish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Qaychidan to‘g‘ri foydalanish, butunni qismlarga ajratish, qismlardan butun hosil qilish, ijodiy faollikni namoyon etish.
|
|