Kerakli jihoz va materiallar: tematik
rasmlar, «Kapalakning hayot muddati» o‘quv
qo‘llanmasi, kapalaklar mulyaji va rasmi, kapalak qurti, pillasi.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalarning qanday hasharotlarni
bilishlarini aniqlash.
2. Didaktik qo‘llanmadan kapalak hayoti
muddatiyligini o‘rganish.
3. Kapalak, kapalak qurti va pillasini
kuzatish.
4. Mulyajlardan hayot tsiklini yaratib, uni
izohlab berish.
Qo‘shimcha: kapalak pazlini yig‘ish.
E’tiborga molik jihati: hayotni ilm-fan bilan bog‘lash, yangi bilimlar bilan o‘rtoqlashish.
San’at markazi
«Hayvonot bog‘i»
Maqsad: bolalarda bo‘yoq, qalam bilan chizishga
qiziqish ortadi, o‘z tasavvurlari bo‘yicha syujet
yarata oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qog‘oz, akvarel bo‘yoqlari, rangli qalam, salfetka, mo‘yqalam, bahor tasvirlangan kartochkalar (manzara, o‘yin-kulgu, bayramlar).
Faoliyatning borishi:
1. Mavzuga oid rasmlarni ko‘rish.
2. Bolalarning hayvonot bog‘iga borgandagi
taassurotlari bilan o‘rtoqlashish.
3. Rasm syujeti, bolalar g‘oyalarining
muhokamasi.
4. Bolalar ishlari.
Qo‘shimcha: tarbiyachi bolalarga o‘z rasmlari bilan ijodiy rivojlanish markazini bezashni taklif etishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: bolalarning
tashabbusi, ijodiy g‘oyalari va dadilligini
qo‘llab-quvvatlash.
San’at markazi
Syujetli loy ishi: «Biz dalaga chiqdik»
Maqsad: bolalar hasharotlarni yasaydilar,
ularning tuzilishi va rangining xarakterli
xususiyatlarini ko‘rsata oladilar, qo‘l
ishlarining mustahkamligini saqlash uchun tayoq,
trubka, simlarga biriktiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: plastilin,
steklar, taxtachalar, salfetka, bisyer, kichik
tugmachalar (hasharotlar ko‘zlari, mo‘ylovi,
oyoqchalarini tasvirlash uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |