San’at markazi
Applikatsiya: «Mening xonam»
Maqsad: bolalar ishga ijodiy yondashadilar,
ranglar va uning anvoyi turlarini biladilar,
turli xil shakllardan kompozitsiyalar yasab,
ishonch bilan ishlaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: rangli qog‘oz,
qaychi, yelim, flomaster, qalam, salfetka, mato
qiyqimlari.
Faoliyatning borishi:
1. Bolalar bir-birlariga o‘z xonalarini
qanday tasavvur etishlarini aytib beradilar.
2. Kompozitsiya yaratish uchun zarur
materialni tanlaydilar.
3. Bolalar ishni bajaradilar.
Qo‘shimcha: bolalar applikatsiyada tasvirlagan
xonalari to‘g‘risida aytib berishadi.
E’tiborga molik jihati: qiziquvchanlikning
shakllanishi, ijodiy tasavvurning rivojlanishi, applikatsiya bilan ishlashda texnik ko‘nikmalarning shakllanishi.
San’at markazi
Loy ishi: Barelef usuli orqali pannoda
dekorativ gullarni yaratish
Maqsad: bolalar tanish bo‘lgan predmetlarni
tasavvur qilib yasash, stek bilan gulning zarur
qism (mayda tomircha)larini chizish, loy ishida
tasvirning jonliligi, gullarga xos bo‘lgan egik
va jimjimalikni ko‘rsata biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: plastilin,
stek, taxtacha, salfetka, bolalarning ishlarini
joylashtirish uchun barelef-taxtacha.
Faoliyatning borishi:
1. Uylarni bezash uchun gullar tasviri
tushirilgan suratlarni ko‘rish.
2. Tarbiyachi orqali namunaning
bajarilishi, barelefning alohida qismlari
detallarini bajarishni ko‘rsatish.
3. Bolalar ishi.
4. Ish so‘nggida tarbiyachi gullarni
barelef-taxtachaga mahkamlaydi va bolalarga
tasvir chiroyli chiqishi uchun qo‘shimcha elementlar bilam to‘ldirishni taklif etadi.
Qo‘shimcha: uylarni bezash uchun boshqa dekorativ
ishlarni ko‘rib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |