Yapon boshqarish tizimi


Korxona va tashkilotlarda xodimlarni samarali boshqarishda Yaponiya tajribasi


Download 85.3 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi85.3 Kb.
#241140
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Menejmentning yapon modeli

Korxona va tashkilotlarda xodimlarni samarali boshqarishda Yaponiya tajribasi.

Yaponiya kompaniyalarida inson resurslarini boshqarish tizimini umumiy jihatdan olganda ikkita katta guruhga ajratish mumkin:



  1. Kompaniyadagi mavjud inson resurslari, ya’ni personalni boshqarish.

  2. Kompaniyaning istiqboldagi inson resurslari (hali kompaniyaning doimiy ishchi-xodimiga aylanmagan inson resurslari)ni boshqarish.





Yapon korxonasi- bu faqat xodimlar birgalikda mehnat qilish uchun birlashadigan iqtisodiy tizim bo’lib qolmasdan, o’zaro majburiyatlar bilan yagona “ishlab chiqarish oilasi”ga bog’langan hamfikrlarning ijtimoiy hamjamiyati hamdir.

Yaponlar insoniy resurslarni mamlakatning asosiy boyligi deb hisoblaydilar.Xo’jalik yuritishning yapon tizimi tarixan vujudga kelgan guruhli jipslashganlik va yaponlarni yuqori sifatli mahsulotlarni yaratishga tug’ma intilishi an’analariga suyanadi.

Menejmentning yapon modeli “ijtimoiy insonga mo’ljallangan. “ijtimoiy inson” rag’batlar va motivatsiyaning o’ziga xos tizimiga egadir.

Kompaniyadagi mavjud inson resurslari, ya’ni personalni boshqarish bo’yicha boy va malakali tajriba jahondagi ko’plab boshqarish mutaxasislarini o’ziga jalb etadi. Kompaniyaga ishchi va mutaxasislarning butun umri davomida ishga qabul qilinishi juda e’tiborga molikdir. O’qishni tugatgan yosh mutaxasis yoki kasb-hunar egasi ishga qabul qilinishida ,avval, sinov muddatini o’taydi. Maxsus tayyorgarlik kurslarini va malaka oshirish darslarini o’qib o’z layoqatlari va qobiliyatlarini namoyon eta olgan yosh kadrlargina doimiy ishga qabul qilinadi. “qayta ishga olish”ning yana bir qiziq jihati mavjud. Bu yirik xususiy kompaniyalarga davlatning eng yuqori boshqaruv organlarida ishlab kelgan va nafaqaga chiqqan xodimlarning ishga qabul qilinishi hisoblanadi. Xususiy kompaniyalar ularning tajribasi va bilimidan samarali foydalana olishadi.

Yapon boshqaruv modeli va boshqaruv madaniyatining asosiy jihatlari quyidagilar:


  • Uzoq muddatli strategiya

  • Innovatsion boshqaruv madaniyatining shakllanishida doimiylik

  • Jahon texnika madaniyatining eng so’nggi namunalarini tez o’zlashtirish

  • Inson omili rivojlanishi va zamonaviylashuvi hamda boshqaruv personali bilan ishlashni istiqbolli resurslar sifatida qarash

  • Madaniyat me’yorlarini saqlash hamda qo’llab-quvvatlash .

Xulosa

Mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekistonda turli mulk shaklida bo’lgan korxonalar soni ko’paydi. Zamonaviy korxonalar va tashkilotlar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat vositalari bilan birgalikda inson resurslari- xodimlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan xodimlar ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradi. Xodimlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, korxona va tashkilotning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ham shunchalik yaxshi bo’ladi.

Biz bu maqola orqali yapon menejmenti modelini ko’rib chiqar ekanmiz, korxona va tashkilotlarda nafaqat xodimlarni samarali boshqarishda, balki mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda bu modeldan foydalanish ijobiy natijalar berishini izohlashimiz mumkin.

O’zbekistonda korxona va tashkilotlarda bu modelning eng zaruriy qismlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Zamon tez suratlar bilan rivojlanmoqda, yangi texnika-texnologiyalar vujudga kelib, ular turli sohalarda qo’llanilmoqda. Boshqaruv sohasida ham o’zgarishlarning ko’payishi bizni yanada ko’proq o’qishga, o’rganishga va mana shunday o’z madaniyatimizga va zamonga mos holda modelllar tuzishga undaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma/ N.Rahmatullayeva, A.Kamolov; O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.- T.: <>, 2017.

  • Menejment asoslari. R.Valijonov, O.Qobulov, A.Ergashev.-T.: <>, 2002.

  • Jumayev O, Rahmatullayeva N, “Menejment va marketing asoslari” O’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent. <>. 2014.

  • Qosimova D.S, Nazarova G.G, Salihova N.M. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.: Iqtisodiyot, 2011.

Download 85.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling