1964-1973-yillarda iqtisodiy rivojlanish davri mamlakat iqtisodiyoti tarixida “tez taraqqiyot” davri nomini oldi
1964-1973 yillarda iqtisodiy o’sish yiliga o’rtacha 14 foizni tashkil qildi va “iqtisodiy mo’jiza” ga erishildi.
1970-yillardan boshlab Yaponiya mamlakati “kunchiqar mamlakat” deb atala boshlandi
Yalpi ichki mahsulot 1955-1973-yillar oralig’ida o’rtacha 10 foiz o’sdi
1950-60-yillarda mamlakatda qattiq valyuta nazorati tizimi amal qilgan bo’lib, bu xususiy milliy kapitalning xorijga “oqib” ketishi va xo’jalikka xorijiy kapitalning kirib kelishiga to’sqinlik qilar edi. O’sha davrda Yaponiya iqtisodiyoti kapital qo’yilmalar darajasi yuqoriligi bilan ajralib turardi. Bu ko’rsatkich bir necha yillar mobaynida yuqorilab borib, 1970-yillarning birinchi yarmida sanoati rivojlangan mamlakat uchun juda katta ko’rsatkich – 39 foizga chiqdi.
2-bosqich
- Bu davrga kelib mamlakatxo’jaligi energiya va material tejovchi texnologiyalarga o’ta boshladi
- Ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlari 1975- yilda 2,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1985 yilda bu ko’rsatkich 3,1 foizga yetdi.
- 1970-yillarning boshigacha mamlakat YaIM tarkibida qayta ishlash sanoati ulushi doimiy oshib bordi (1970-yilda YaIMning 6,8 foizi) .
- 1960-1970 yillar orasida 13 foizdan 4 foizga qisqardi.
- 1973-yilda Yaponiyada suzib yuruvchi valyuta ayirboshlash kursi tizimi joriy etildi.
- Natijada 22 yil davomida amalda bo’lgan valyuta kursi mexanizmi o’zgarib, yenning dollarga nisbatan qadri osha boshladi
(360yen=1dollardan308=1dollarga)
- Natijada 1980-yillarning oxiriga kelib sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro savdo balansidagi defitsit o’sib ketdi.
- 1970-80-yillarda iqtisodiy o’sish surhatlari avvalgi davrdagidan pastroq bo’ldi; 1970-yillarda o’rtacha 4,5 foiz, 1980-yillarda esa o’rtacha 4,0 foizni tashkil etdi. Lekin bu ko’rsatkichlar o’sha davrda sanoatlashgan mamlakatlarning o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqoriroq hisoblangan. Shu sababli Yaponiyaning iqtisodiy qudrati AQSH va SSSRdan keyingi uchinchi iqtisodiy kuch sifatida baholanardi. 1980-yillarning oxirlariga kelib Yaponiyaning milliy boyligi qiymati 1,363 trln. yenga teng bo’lib, bu ko’rsatkich YaIMning qariyb 5,6 barobarini tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |