Fikrimizcha, 2011 yil 11 martdagi yer qimirlashi bilan bog’liq voqeadan so’ng YAponiya iqtisodiyotining rivojlanishidagi oltinchi bosqich boshlandi.
YAponiyaning iqtisodiy rivojlanish modeliga xos quyidagi belgilarni ajratish mumkin:
firmalar va davlatning ishchi kuchi malakasini oshirish, ishchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga jalo etishga alohida e’tibor qaratishi;
mehnat bozorida firmalar darajasida bir marotabalik mehnat shart-nomalarining qo’llanilishi. Mehnat munosabatlari «firma paternalizmi»ni (bir umr yollanib ishlash tizimi, firma - bizning uyimiz) ifoda etadi;
moliya-sanoat guruhlarining keyretsularga asoslanishi.
davlatning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, savdo va investitsiyalar sohasidagi ulushining pastligi;
davlatning tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki:
YAponiya XX asrning ikkinchi yarmida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’ldi va ushbu kursatkich 1951-1960 yillarda o’rtacha -8,1%, 1961-1970 yillarda- 10,7%, 1971-1980 yillarda - 4,6%, 1981-1990 yillarda 4,0% ni tashkil etdi.
Fikrimizcha, YAponiyaning «iqtisodiy mu’jizaga» erishish omillari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
yalpi jamg’arish normasining yuqoriligi - ushbu ko’rsatkich 1990 yillarning o’rtalarigacha 30% dan yuqori bo’ldi;
harbiy xarajatlarning pastligi - davlat byudjetidan harbiy mudofaa uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori 1930-1940 yillarda yalpi ichki maxsulotning 9-10% ini tashkil etgani holda, ushbu ko’rsatkich 1947-1980 yillarda 1% dan oshmadi
AQSH va G’arbiy yevropaga nisabatan yapon ishchi kuchining arzonligi, yuqori malakaga egaligi va mehnatsevarligi;
iqtisodiyotni davlat tomonidan samarali tartibga solish — umummilliy iqtisodiy dasturlar, ustuvor tarmoqlarga soliq imtiyozlarini joriy etish, ichki bozorga raqobatchilarni kiritmaslik, inflyatsiyaning past darajasini ta’minlash;
mamlakat hududining qulay iqtisodiy-geografik joylashganligi. Mamlakat Tinch okeani xavzasi mintaqasining markazida joylashganligi sababli, aksariyat halqaro dengiz va havo yo’llari bu hududni kesib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |