Yaponiyada turizimning axamiyati va o‘zbekiston bilan turistik aloqalari
Yaponiya va axolining turmush tarzi
Download 161.16 Kb.
|
yaponiya turizmi
1.2. Yaponiya va axolining turmush tarzi
Yaponiyada avliyo Valentin kuni qizlar mayl bildirib, sovg‘alarni yigitlariga taqdim qiladilar. Bunday urf-odat qachon paydo bo‘lgani aniq ma’lum emas, biroq yaxshi tarafi shundaki, to yigit o‘zida dalda topib, qizga taklifini aytgunicha, qiz birinchi bo‘lib, to‘yga roziligini aytib bo‘ladi. Yaponiyada go‘sht va baliq arzon turadi, ammo mevalar juda qimmat. Bir dona olma ikki dollar turadi, banan shodasi esa besh dollar. Eng qimmat meva – qovun, bir dona shirin qovunning narxi Tokioda ikki yuz dollargacha boradi. Or, nomus Yaponiyada haliyam asosiy omil hisoblanadi, hatto siyosatda ham. Oxirgi premier ministr saylovoldi va’dalarini bajara olmaganligi uchun iste’foga chiqishga qaror qildi. Undan avvalgi vazirlar ham shunday yo‘l tutishgan edi. Yaponiya kichkina mamlakat bo‘lishiga qaramay, bu yerda juda ko‘p katta narsalar bor. Masalan, bu yerda dunyodagi eng qimmat ko‘ngilochar bog‘i Disney Sea bor, shuningdek dunyodagi eng baland amerikacha tepaliklar mavjud. Tokioda dunyodagi eng rivojlangan metro tizimi mavjud, eng katta temir yo‘l tizimi ham shu yerda va eng katta yo‘lovchilar chorrahasi bor. Yaponiyada qor odam uch dumaloqdan emas, ikki dumaloqdan yasaladi. Bu yerda ham Yaponiyaliklar ajralib turadilar. AQSH da Koca-Kola bo‘lganidek, Yaponiyada Polkovnik Sanders rojdestvoning eng asosiy ramzidir. Rojdestvo arafasida yaponlar oila a’zolari bilan birgalikda KFC ga borishni va tovuq qanotlarini yeyishni xush ko‘radilar. Yaponiyada hozirgi kunda ham 30% to‘ylar huddi bizdagi kabi ota-onalar tomonidan uyushtiriladigan sovchilik va kelin ko‘rishdan keyin bo‘lib o‘tadi7. Yaponiyaning barcha shimoliy hududlardagi shaharlarida qishda qor yog‘ganda ko‘cha va trotuarlar isitiladi. Shuning uchun yo‘llar yaxlamaydi, qorni tozalashning ham keragi yo‘q. Juda qulay. Yaponiyada chekuvchilar uchun liberal qonunlardan biri mavjud. Aeroport hamda temir yo‘l platformalaridan tashqari hamma joyda chekish mumkin. Yaponiya – Imperiya unvonini saqlab qolgan oxigi mamlakatdir. Yapon imperatorlik shajarasida hech qachon uzilish bo‘lmagan. Hozirgi kunda hukumat tepasida turuvchi imperator Akixito – eramizdan avvalgi 711 yilda Yaponiyaga asos slogan birinchi imperator Dzimmuning avlodidir. Bu yili, ya’ni 2023 yilda Yaponiya 2675 yoshga to‘ldi. Yaponlar doimo ovqat haqida gapiradilar. Ovqatlanayotgan vaqtda ham taomning mazasi haqida tinmay aytadilar. Ovqatlana turib, taomning naqadar mazali ekanligi haqiqa aytmaslik, hurmatsizlik hisoblanadi. Yapon tilida birvarakayiga uch xil yozuv usuli mavjud: Xiragana (yapon so‘zlarini yozish uchun bo‘g‘imlash tizimi), Katakana (o‘zlashtirilgan so‘zlarni yozish uchun bo‘g‘imlash usuli) hamda Kandji (iyeroglif yozuvi). Boshingiz aylanib ketishi hech gap emas. Yaponiyada gastarbayterlar yo‘q. Bunga oddiy qonun orqali erishilgan: chet ellik ishchini olish uchun ruhsat berilgan eng minimal oylik ish haqi yaponiyaliklarning o‘rtacha ish haqidan yuqoridir. Shunday qilib, yuqori maosh to‘lanadigan mutaxassislar uchun mamlakatga yo‘l ochiq, biroq malakasi bo‘lmagan kelgindi ish kuchiga muhtojlik yo‘q. Qora ishlar mahalliy aholining o‘zidan ham ortmaydi. Ajoyib yechim. Yaponiyadagi temir yo‘llarning yarmidan ko‘pi xususiydir. Temir yo‘l transportining 68% i nodavlat hisoblanadi. Dunyoga mashhur Fudji tog‘i xususiy yer hududida joylashgan. Xongyu ibodatxonasida 1609 yilda Syogun bu tog‘ni ibodatxonaga hadya qilganligi haqidagi hujjat saqlangan. 1974 yilda Yaponiyaning oliy sud qozisi ushbu xujjatning haqiqiyligini tasdiqladi va tog‘ni ibodatxona ixtiyoriga topshirishga majbur bo‘ldilar. Chunki Yaponiyada shaxsiy mulk o‘zgartirilmaydi8. Yapon tili xushmuomalalikning bir necha pog‘onasidan iboratdir: so‘zlashuv uslubi, ehtirom ifodalovchi, muloyim hamda o‘ta muloyim muomala. Ayollar doimo ehtirom ifodalovchi uslubda, erkaklar esa so‘zlashuv uslubida gapiradilar. Yapon tilida yil oylarining nomi yo‘q. Buning o‘rniga ular oylarni raqamlar bilan belgilaydilar, masalan, sentyabr oyi – to‘qqizinchi oy deb ataladi. Yaponiya monoetnik mamlakatdir, aholisining 98,4% ini etnik yaponlar tashkil etadi. Yaponiyada mahbuslar saylovlarda ovoz berish huququga ega emaslar. Yaponiyada delfinlarning go‘shtini yaxshi ko‘rib yeydilar. Delfin go‘shtidan sho‘rva, shashlik tayyorlaydilar, ba’zan esa delfinlarni xomligicha ham tanovul qiladilar. Delfinlarning go‘shti juda mazali, baliqnikidan farq qiladi. Tokio dunyodagi eng xavfsiz megapolisdir. Tokio shunchalik xavfsizki, olti yashar bolalar jamoat transporti bilan mustaqil ravishda bemalol foydalana oladilar. Bu haqiqatda ham fantastika. Yaponlar tashqi dunyoni xavfli deb biladilar va sayohat qilishdan cho‘chib turadilar. Ularning fikricha, dunyodagi eng xavfli mamlakat AQSHdir. Yaponiya konstitutsiyasining to‘qqizinchi moddasida mamlakatning shaxsiy armiyasi bo‘lishi hamda urushlarda qatnashishi ta’qiqlanadi. Yaponiyada o‘quv yili birinchi aprelda boshlanadi hamda ushta trimestrga bo‘linadi. O‘quvchilar apreldan iyulgacha, so‘ngra sentyabrdan dekabrgacha va nihoyat yanvar oyidan martgacha tahsil oladilar. Yaponiyada axlat baklari yo‘q, chunki har bir chiqindi qayta ishlanadi. Chiqindilar to‘rt turga bo‘linadi: shisha, yondiriladigan, qayta ishlanadigan hamda yondirib bo‘lmaydigan turlar. Chiqindilarning har bir turi haftaning ma’lum kunida olib ketiladi, shuning uchun ham axlatlar turlariga qarab haftaning ma’lum kunida tashlanadi. Bunday qonunga rioya qilmaslik jazolanadi va katta jarima solinadi (taxminan 1000 dollar). Yaponiyada nafaqa juda kam. Davlat qaramog‘idagi yolg‘iz qariyalarga beriladigan eng maksimal ijtimoiy to‘lov 30 000 yenni tashkil etadi, bu 300 dollar atrofidagi pul. Majburuy nafaqa sug‘urtasi ham yo‘q, shuning uchun har bir yaponiyalik o‘z qariligi haqida o‘zi qayg‘urishi kerak. Yaponiyada transport to‘lovi juda qimmat. Eng arzon metro chiptasi 140 yen turadi, ya’ni 1,5 dollar atrofida. Yaponiyada avval erkaklarga xizmat ko‘rsatiladi, so‘ngra ayollarga. Restoranda ham oldin erkakka ichimlik olib kelinadi, ana undan keyin ayolga. Do‘konlarda ham shu ahvol. Salomlashganda ham eng avval erkak kishi bilan so‘rashiladi.Yaponiyaliklar katta mashinalarni haydaydilar. Kichik hajmdagi siti kar avtomobillarini hattoki tirband Tokioda ham uchratish amrimahol, biroq jiplar tiqilib yotibdi. Yaponiyada choychaqalar qat’iyan taqiqlangan. Mijoz sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan xodimga ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘lar ekan, ular bilan teng ekanligini ta’kidlagan bo‘ladi. Agarda mijoz ortiqcha pulni choychaqa o‘rnida tashlab ketsa, bu bilan o‘zining ustunligini namoyish qilgan hisoblanadi, choychaqasi esa sadaqa deb qabul qilinadi. Yaponiyada millat ajratish, irq ajratish hollari umuman kuzatilmagan. Yaponiyani aholisi zich joylashgan mamlakat sifatida misol keltirishadi. Aslida har bir kv km ga 330 nafar odam to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatgich Belgiya (340 odam/km) va Isroildan (368 odam/km) ko‘ra kichikroqdir. Yaponiya rivojlanish jadal sur’atda amalga oshmoqda. Bundan 20 yil avval kelajak narsalari deb atalgan yangiliklar bugungi kunda Yaponiyani egallab olgan. Taksilarning avtomatik eshiklari, mevalardan tortib tayyor pishirilgan sho‘rvalarni sotadigan avtomat shohobchalar. Poyezdlar ham fantastik ko‘rinishda. Yaponiyadagi telefonlarga kataklizm vaqtida millatni ogohlantiruvchi favqulodda tizim o‘rnatilgan. Qandaydir halokat sodir bo‘lganda kuchli ovozli signal ishga tushadi va odamlarga o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida tushunchalar beriladi. Yaponiyada talonchilik umuman sodir bo‘maydi. Tashlandiq uylardagi narsalar qanday qoldirilgan bo‘lsa, shundayligicha turaveradi. Buni ko‘rgan chet ellik sayyohlar hayron qoladilar. Yaponiyada jinoyatchilarni qatl qilish jazosi saqlanib qolingan. Qatl qilish jarayonida mamlakatning adliya vaziri ishtirok etadi. Yaponiya zo‘ravonlik va odam o‘ldirish jinoyatlari eng past ko‘rsatgichga ega. Yaponiya o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dunyo bo‘yicha eng yuqori o‘rinda. Yapon va Xitoy iyerogliflari bir xil. Ularning orasida ozgina farq bor, xolos. Yaponiyada imzo o‘rniga maxsus shaxsiy muhr bosiladi. Bunday muhr har bir yaponiyalikda bor va undan kun davomida ko‘p marta foydalaniladi. Uni istalgan do‘kondan sotib olish mumkiin. Yaponiya poyezdlari kechikmaydigan yagona mamlakatdir. Yaponiyada sovg‘ani uni bergan odamning oldida ochish hurmatsizlik hisoblanadi. Sovg‘ani keyinroq holi qolganda ochish kerak. Yaponiyada mulk huquqiga qat’iy amal qilinadi. Shuning uchun ham bu yerda ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘nlab kompaniyalar haliyam o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Masalan, Xoshi Ryokan mehmonxonasi 718 yildan beri ishlab kelmoqda. Uni bir shajaraning 46-avlodlari boshqarib kelmoqda. Yaponiyaning uchdan ikki qismi o‘rmonlar bilan qoplangan. U yerda xususiy o‘rmonlar kesilishi ta’qiqlangan. Biroq Yaponiya tropik o‘rmonlardan olingan yog‘ochning 40% ini iste’mol qiladi. 1992-2002 yillarda, ya’ni o‘n yil davomida Yaponiya dunyodagi xalqaro yordam bo‘yicha eng yirik donor hisoblangan. Bugungi kunda o‘zi ham shunday yordamga muhtoj bo‘lgan Yaponiyani unutish kerak emas. Yaponiyada yagona markaziy isitish tizimi yo‘q. Hamma o‘z uyini o‘zi qo‘ldan kelgancha mustaqil isitadi. Download 161.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling