Yaponiyaning iqtisodiyoti


Download 101.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi101.88 Kb.
#1028736
1   2   3
Bog'liq
7 mavzu ta\'limotlar tarixi

Feodal 
tizim 
inqirozi 
XIX asr o‘rtalari – Yaponiya tarixida eng og‘ir davr hisoblanardi. Ikki 
yarim asr davomida mamlakatni feodal tartib iskanjasida ushlagan Tokugava 
segunlari idorasi tugatildi. Mamlakat aholisi uning tugatilishi bilan o‘z hayotini 
yaxshilanishni kutar edi, lekin hukmdorlarning rejalari boshqacha edi: ular 
qisqa muddatda harbiy va iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatni yaratishga 
harakat 
qilishdi. 
Meydzi 
inqilobi 
(1867—1868 
yy.) 
1868 yilda imperatorlik hukmroligi tiklandi. Yaponiya tepasiga 16 yoshli 
imperator Mutsixito keldi. Uning hukmdorligi Meydzi nomini oldi (ma’rifatli 
hukmdorlik). Bu davr muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar amalga 
oshirildi. Shu sababdan Meydzi to‘ntarishi burjua inqilobi (1867-1868 yy.) 
deb hisoblanib, Yaponiyani jahondagi buyuk mamlakatlar darajasiga olib 
chiqdi. Yosh imperator atrofiga iqtidorli vazirlar va maslahatchilarni to‘pladi. 
Birinchi yilning o‘zida Yaponiya poytaxtini Kiotodan Edogo ko‘chirdi 
(keyinchalik Tokio deb nomlangan) va islohotlarni boshlab yubordi. 
Asosiy 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
siyosiy 
o‘zgarishlar: 
1) Mamlakatni birlashtirish jarayonini tugatilishi. Feodal knyazliklar yo‘q 
qilinib prefekturalar yaratildi; markazlashgan davlatni shakllantirish – 
Yaponiyani 
qudratli 
mamlakatga 
aylanishida 
muhim 
omildir; 
2) Feodal tuzum, knyaz va samuraylarning feodal huquqlari bekor qilindi; 
1869 yildagi farmon feodallarni o‘z yerlarni imperatorga topshirishga majbur 
bo‘ldilar; 
3) Faoliyat va kasblarga davlat cheklovlari bekor qilindi, sex tizimi, gildiyalar 
va 
klanlar 
bekor 
qilindi; 
4) Xo‘jalik faoliyatida tabaqalashuv bekor qilindi, savdo va mamlakat ichida 
harakat 
erkinligi 
e’lon 
qilindi; 
5) Jamiyatni tabaqalashuvining yangi usuli ishlab chiqildi. Avval to‘rtta 
tabaqa bo‘lgan bo‘lsa, endi uchta bo‘ldi. Dvoryanlik yuqori tabaqani namoyon 
etdi (unga sobiq feodal knyazlar, saroy aristokratiyasi kirdi). Ikkinchi tabaqa 
– dvoryanlik (barcha sobiq samuraylar). Uchinchi – oddiy xalq tabaqasi. 
Unga aholining qolgan qatlamlari, shu jumladan savdo-sanoat burjuaziyasi 
kirardi; 
6) Barcha ichki bojxonalar olib tashlandi, yagona pul birligi (oltin bilan 
ta’minlangan) 
kiritildi. 
1870 y. imperator Mutsixito segunlarning an’anaviy tangasini ajdarho 


rasmi tushurilgan dollarga almashtirdi. Yaponlarda dollar iena deb nomlana 
boshlandi 
(dumaloq 
tanga), 
sent 
esa 
– 
sen. 
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi yagona umumyapon bozorini, 
yagona 
iqtisodiy 
makonni 
shakllanishiga 
olib 
keldi. 
Agrar 
islohotlar 
1872-73 yy.da Yaponiyada agrar islohot amalga oshirildi. U feodal yer 
egaligini bekor qilinishi, yerning yangi egalarini shakllanishi masalalarini hal 
etishi zarur edi. Yer rasmiy ravishda uni taqsimlovchilarga tegishlidir. 
Dehqonlar, yerga meros sifatida erishganlar ularning egalariga aylandilar 
1873 y.da yer solig‘i joriy qilinib, u davlat byudjetining asosiy 
manbasiga aylandi. U barcha yer egalariga tegishli bo‘lib, uning hajmi 
olingan 
hosilning 
50%gacha 
belgilangan 
edi. 
Shunday qilib Yaponiyada yerga xususiy mulkchilik qonuniylashtirildi; 
uni erkin sotish-sotib olishga ruxsat berildi, yer egalarining yangi 
kategoriyalari paydo bo‘ldi; yerning sobiq egalariga tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanish imkoni berildi. Bularning hammasi ishlab chiqarishning 
kapitalistik 
shakllarini 
vujudga 
kelishiga 
asos 
bo‘ldi. 
7.3. 
Imperializmga 
o‘tish 
davrida 
Yaponiya 
iqtisodiyotining 
xususiyatlari 
Sanoat 
inqilobi. 
«Davlat 
kapitalizmi». 
O‘ta qisqa muddatda Yaponiya sanoat inqilobini amalga oshirdi. Yapon 
hukumati subsidiyalar berish, soliqlardan ozod etish, davlat buyurtmalarini 
bajarayotgan firmalarga qurilgan zavodlarni haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga 
ruxsat 
etish 
orqali 
xususiy 
tadbirkorlarni 
qo‘llab-quvvatladi. 
1872 y.da davlat tomonidan birinchi telegraf va temiryo‘l liniyalari 
qurildi, 
ya’ni 
infratuzilma 
yaratilishi 
boshlandi. 
Davlat mamlakatni geologik o‘rganilishini amalga oshirdi – ko‘mir, temir 
rudasi, 
oltin 
konlari 
ochildi. 
Kapitalni etishmasligi xorijiy kapitalni jalb qilinishini taqazo etdi, uning 
ishtirokida 
fabrika 
tipidagi 
yirik 
korxonalar 
qurildi. 
Yaponiyada xorijiy zayomlar hisobiga temiryo‘l qurilishi boshlandi. 
Ingliz kapitali ko‘mir qazib olishga konsessiya oldi. Yapon hukumati xorijiy 
mutaxassislarni 
ham 
jalb 
etishar 
edi. 

Download 101.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling