Yaponlar Butun dunyo allaqachon Yaponiyaning eng uzoq umr ko'rishini biladi. Nega yaponlar eng uzoq umr ko'rishadi va yoshlaridan ancha yoshroq ko'rinishadi? Qariyalar faol hayot tarzi bilan shug'ullanishadi, sport bilan shug'ullanishadi


Download 42.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana03.12.2023
Hajmi42.72 Kb.
#1799596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 MATN Yaponlar

«10 ming qadam» piyoda yuramiz!» 
1960-yillarda tadqiqotchi Iosiro Xatano Yaponiyada ommalashib ketgan «10 ming qadam» teoriyasini 
taklif qiladi. Uning fikricha, kuniga 10 ming qadam (8 km.) yurgan odam uzoqroq umr ko’radi, qomati 
bukilmaydi va qon bosimi bilan bog`liq muammolarga duch kelmaydi. Yaponlar bunga hamon amal 
qilishadi. 
Choy marosimiga 
xush kelibsiz! 
Yaponiya — choylar mamlakati. Ko’k choyni bu yerda kun bo’yi ichishadi. Ovqatdan oldin, uyqudan avval, 
tong otgandan, shunchaki kun o’rtasidami farqi yo’q, ko’k choy bo’lsa bo’ldi. Ular ko’k choy insonni har 
qanday darddan xalos qiladi, deb hisoblashadi. Umumiy ovqatlanish joylarida ko’k choy bepul tarqatiladi. 
Tongda yugurasizmi? 
Yaponiya shahar-qishloqlarida tong payti ko’chada yugurib yurgan keksa-yoshlarni ko’plab uchratish 
mumkin. Tushda ofisdan chiqib piyoda aylanib kelishadi. (Bunga 10 daqiqaga ruxsat berilgan) Dam olish 
kunlarida albatta, tabiat qo’yniga chiqishadi, xiyobonlarda sayr qilishadi, o’rmonlarga oshiqishadi. 
Ular uylarida tez-tez havo almashib turishini nazorat qilishadi. Uyni juda isitib yuborishmaydi. Ayrimlarga 
o’xshab o’ranib yurishmaydi. 
Yaponlar sigareta tutuniga toqat qilisholmaydi,shu sabab hamma joyda chekish uchun maxsus joylar 
belgilangan. Shuningdek, spirtli ichimliklar ichishga ham cheklovlar bor. 
«Yuragingizni keng qiling!» 
Donishmand yaponlar ta’kidlaydilarki, har bir kunini zavq bilan yashagan, mayda-chuyda gaplardan og`-rinib 
yurmagan, tushkunlikni yenggan odamlar ko’p yashaydi. Ular salbiy his-hayajonlar nafaqat inson qalbiga, 
kayfiyatiga, balki odamning jismoniy holatiga ham ta’sir ko’rsatadi, aniqrog`i, salomatligiga jiddiy zarar 
yetkazadi, deb hisoblaydilar. Shu sabab bog`cha va maktab yoshidan bolalar hayotga nisbatan muhabbat 
ruhida tarbiyalanadi. Ahamiyatsiz voqea-hodisalarga kuyinishni emas, ijobiy holatlardan zavqlanishni
quvonishni o’rgatishadi. 
Bu hayotiy falsafa inson immun tizimini mustahkamlashga zamin yaratib, organizmni turli yuqumli 
xastaliklardan himoya qilarkan. 

Download 42.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling