«Shaxmatdan so’ng uyqu…»
Yaponiyalik keksalar to qartayib qolsalar ham miyani mashq
qildirib turish lozim, deydilar. Kunchiqar
mamlakatda har bir xonadonda shaxmat-shashka o’yinlariga guvoh bo’lasiz.
Shuningdek,
yaponlar turli
tanlovlarda ishtirok etishni yaxshi ko’rishadi, boshqotirmalar yechishadi.
Uyquning sifati yaponlar uchun juda muhim. Uxlash shunchaki vaqt o’tkazish emas, organizm sog`lom
bo’lishi uchun asosiy jihatdir. To’yib uxlagan odam ularning
nazdida yaxshi ishlay oladi, sifatli uyqu
organizmni xastaliklardan himoya qila olishiga ishonishadi.
Mana, yaponlarning uzoq umr ko’rish sirlari — oddiygina, hamma amal qilsa bo’ladigan qoidalar. Bu
qoidalarga amal qilib, inson nafaqat salomatligini asraydi, balki dunyoqarashi
ham ijobiy tomonga
o’zgarishiga muvaffaq bo’ladi. Siz ham yuqorida aytilganlarning eng
osonidan boshlang, axir minglab
kilometrlarga yo’l bir qadamdan boshlanadi.