Yara arig'ining xarakteriga qarab: a ko'r; b teshib o ’tgan; d tegib o’tgan
Download 22.98 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatli masala 1.
Nazorat Savollari 1. Avval jarohatdagi o'lgan teri qismlari, yot jismlar, qon quyqalari olib tashlanadi. Asboblar almashtirilib, teri osti yog' kletchatkasi keng kesiladi va hayotga noloyiq mushak to'qimalari olib tashlanadi. Jarohatning qayta degazatsiyasi o'tkaziladi. O'q tekkan va ZM bilan zararlangan jarohatlarga radikal ishlov beriladi. Suyak parchalari ZM ni adsorbsiyalaydi va uzoq vaqt o'zida saqlab qoladi, natijada chuqur nekroz, osteomiyelit, flegmona, sepsis rivojlanishi mumkin. Shuning uchun to'Iiq degazatsiyadan so'ng suyak parchalarini to'Iiq olib tashlash kerak. Singan suyakning uchlarini sog' to'qimagacha arralab olib tashlanadi. Tomir devorlari ZM ga o'ta sezgir hisoblanadi, shuning uchun ularni bog'lash tavsiya etiladi. Nerv tutamlari ZM ga unchalik sezgir bo'lmaganligi sababli, 2% li xloraminning suvli eritmasi bilan yuviladi va sog'lom to'qimalar bilan yopiladi. Bu holatda birlamchi choklar qo'yilmaydi. Operatsiya jarohatni yuvish, yakunlovchi degazatsiya, antibiotiklar bilan infiltratsiya, rezina trubkalar va aseptik bog'lam qo'yish bilan yakunlanadi, qo'l va oyoqlar immobilizatsiyasi shinalar va gips langetalarini qo'yish bilan amalga oshiriladi. Zich sirkulyar bogiamlar qo'yish birinchi kunlarda man etiladi, chunki to'qimalar shishib, ishemik buzilishlar ro'y berishi mumkin. Agar bemor kech olib kelingan bo'lsa va to'qimalari shishgan bo'lsa, u holda faqat degazatsiya va jarohatni kengaytirish bilan cheklanish mumkin.
Yara arig'ining xarakteriga qarab: a) ko'r; b) teshib o ’tgan; d) tegib o’tgan. To’qimalarning shikastlanishining chuqurligiga qarab: a) yuzaki (teri, teri osti to’qima); b) chuqur. To’qimalarning shikastlanishi xarakteriga qarab: a) oddiy (nuqtasimon, yirtilmagan); b) yirtilgan; d) yirtilgan — majaqlangan va yirtilgan lat yegan. Anatomik joylashishiga qarab: bosh, bo’yin, ko’krak, qorin, qo’lva oyoqning yaralari va boshqalar. Shikastning yaralanishining soniga qarab: a) yakka; b) ko’plab; d) aralash bo’ladi. Jarrohlik taktikasi nuqtayi nazaridan: a) birlamchi jarrohlik ishloviga lozim bo‘lmaydigan; b) birlamchi jarrohlik ishloviga lozim bo’lmaydigan yuqoridagi yaralarning tasnifi o ’z mazmunini hozirda yo’qotmagan bo’ladi. Y.G.Shaposhnikovning (1984,1995) zamonaviy tasnifidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bitta yaradorda shikastlanishlarining soniga qarab bo’linadi: yakka, ko’plab, qo’shma, aralash. Yaralovchi agentning turiga qarab: o ’qli,parchali, soqqali, nayzasimon, mina-portlovchili. Tanada davomligi va bo’shliqlarga nisbatan jarohatlar quyidagicha o’ladi: teshib o’tgan, ko’r, tegib o ’tgan, teshib kirmagan, bo‘shliqqa teshib kirgan. Anatomik belgisiga ko‘ra: bosh, ko‘krak, qorin, chanoq, qo‘l, oyoq. Shikastlangan to'qimalarning belgisiga ko'ra: ichki a ’zolar, suyaklar, yirik qon tomirlar, nerv o'zaklari. 3. 1. Arteriyani barmoq bilan bosish. 2. Oyoq-qo'lni maksimal bukish. 3. Bosuvchi bog'lam. 4. Jarohatning zich tamponadasi. 5. Jgut qo'yish. 6. Jarohatda qonayotgan tomirga qisqich bog'lash. 7. Jarohatda tomirni bog'lash. 8. Qonayotgan jarohatdan yuqorida tomirni bog'lash (tikish). 4. Boshlang‘ich — toksemiya fazasi. Intensiv davo olib borilsa, uni 10- 15 kunda yo‘qotish mumkin. Agar sepsisning klinik ko‘rinishIari avj olib borsa, lekin yiringli o'choqlar bo’lmasa, unga septisemiya fazasi deyiladi. Jarayonni yanada davom etish va metastatik yiringli o'choqlar sodir bo‘lsa unga septikopiyemiya fazasi deyiladi. Vaziyatli masala 1.Umumiy qoqsholning boshlang’ich davri 2.Qoqshol qo’zg’atuvchisi organizmda qolib ketgan va klinik belgilar bera boshlagan, disfagiya va ensa mushaklari rigidligi. 3. Yaradorlarni imkon boricha ajratib, tinchlik holati yaratilishi zarur, chunki har bir tashqi ta’sirlovchi: baland gapirish, yorug' chiroq tirishish xurujini chiqaradi. Qonda aylanib yurgan tetanotoksinni neytrallash maqsadida iloji boricha erta katta miqdorda qoqsholga qarshi zardob yuboriladi: birinchi va ikkinchi kunlarda 100000 ТВ, shulardan 50000 ТВ—vena tomiriga5 marta izotonik natriy xlorid eritmasida suyultirilib, 50000 ТВ mushak ichiga tirishishiga qarshi davoni neyroleptik aralashmalarni: 2 ml 2,5% aminazin eritmasini, 1 ml 2 % promedol eritmasini 0,5 ml 0,1% atropin eritmasini mushak ichiga yuborishdan boshlanadi. Tirishishga qarshi ta ’sirni oshirish maqsadida tiopental-natriy yoki 5 ml 10 % geksenal eritmasini mushak ichiga yuboriladi. Ko'rsatilgan davo natija bermasa vena tomiriga miorelaksantlar (tubokurarin, diplatsin) yuboriladi, traxeyani intubatsiya qilinib 2—4 kun va undanortiq nafas olishini boshqarishga o'tiladi. Disfagiya va tirishishlar sababli yaradorlar mustaqil ovqat qabul qila olmaydilar. Ovqatlanish burun orqali oshqozonga tushirilgan zond orqali amalga oshiriladi. Yotoq yara, pncvmoniya, tromboflebitni oldini olish chora-tadbirlari o ‘tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan qon o ‘rnini bosuvchi dezintoksikatsion, 5% li glukoza eritmasi, oqsilli preparatlar bilan infuzion davo o'tkaziladi.Yana yurak darmonlari, vitaminlar beriladi. Qoqshol bilan kasallangan yaradorlarda, operativ davo (o‘choqli infeksiyani yo‘qotish uchun amaliyotini) bajarishni esdan chiqarish kerak emas. Download 22.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling