Yaratilgan sanasi: Fri, 4 Mar 2023 16: 58: 46 +0500 Page 1-savol
Download 55.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Benom jamoasi Toshkent intellektual marafoni savollari (12.03.2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol: .
- 3-savol: .
Yaratilgan sanasi: Fri, 24 Mar 2023 16:58:46 +0500 Page 1 1-savol: . Wikipediaga ishonadigan bo‘lsak, asarda er-xotin emas, balki ota va uning qari qizi tasvirlangan. Muallif o‘z asari haqida gapirar ekan, Buyuk depressiya boshlanganida qishloq aholisida istalgan muammoni yengib o‘tish uchun jasorat va o‘jarlikni ko‘rganini ta’kidlaydi. Diqqat savol: asar muallifini yozib bering. Javob:Grant Vud. Izoh: Gap “Amerikacha gotika” kartinasi va uning muallifi amerikalik rassom Grant Vud haqida ketayotgandi. Qishloq aholisi, Buyuk depressiya sizni mazkur kartinaga yetaklashi kerak edi. Zachot: Vud. Manba: https://ru.wikipedia.org/wiki/Американская_готика 2-savol: . Savol matnida Birinchi - Ikki so‘zga, ikkinchi - bir so‘zga almashtirilgan. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, Konstitutsiyasining bir moddasidagi jumlaga “huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy” so‘zlari kiritilmoqda. Ushbu moddaning keyingi jumlasida Birinchi Ikkinchiga tengligi aytiladi. Diqqat savol: Birinchi va Ikkinchi o‘rnida qaysi so‘zlar almashganini yozib bering. Javob:O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston. Izoh: Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasini quyidagicha o‘zgartirish taklif etilmoqda: “O‘zbekiston – suveren respublika, huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy, demokratik davlat”. Ushbu moddaning ikkinchi jumlasida esa davlatimizning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatishi aytiladi. Manba: 1. https://kun.uz/uz/news/2022/06/25/constitution 2. http://old.lex.uz/docs/20596 3-savol: . 2023 yil 10-yanvarda uning “Zahirada” nomli avtobiografik kitobi chiqqan. Asarda u 12 yoshida his qilgan qattiq psixologik jarohati, otasi bilan munosabati, Afg‘onistondagi xizmati va narkotiklar iste’mol qilgani haqida ham batafsil yozgan. Kitobdagi oshkora yozilgan ko‘plab voqealar uning oilasi obro‘siga putur yetkazishi mumkinligi ham aytilgan. Diqqat savol: uning ismini yozib bering? Javob:Garri, Shahzoda Garri. Izoh: Taxt uchun zaxirada hisoblangan Garri 12 yoshida onasi Diana o‘limini boshdan kechirgan. Akasi va otasi bn esa yaxshi munosabatda bo‘lmay bugungi kunda qirollik oilasidan chiqib ketgan. U 2007-2008 va 2012-2013 yillarda Afg‘onistondagi harbiy xizmatni o‘tagan. Zachot: Aniq javob. Manba: https://m.gazeta.ru/style/2023/01/10/16062757.shtml Download 55.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling