Yaratilgan sanasi: Mon, 5 Sep 2023 12: 18: 34 +0500 Page 1-savol
Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Download 106.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Саволлар
Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 22 yaxshi deb maqtab yurgan kishingiz biror nojo‘ya ish qilib qo‘ysa aytilar ekan. Savol: Ushbu iborani toping. Javob:Ataladan suyak chiqibdi. Zachot: Kesakdan olov chiqibdi, Qarqunoqdan bulbul chiqibdi. Manba: http://mashvarat.zn.uz/sample-page/116-2/ 72-savol: Sherlok Xolms haqida hikoyalardan birida maxsus qog‘ozga shunday so‘zlar yozilgan: – Bu kimga tegishli edi? – Ketganga. – Endi kimga tegishli? – Keladiganga. Savol: Bu yozuv Angliyada 1649-yilda yozilganligini inobatga olib gap nima haqidaligini yozib bering. Javob:Toj. Izoh: O‘sha yili Karl 1 qatl etiladi o‘rniga Karl 2 qirol etib saylanadi. Toj kimga tegishli edi? Ketganga ya’ni Karl 1 ga. Endi kimga tegishli? Karl 2 ga ya’ni keladiganga. Manba: Artur Konan Doyl ‘’Sherlok Xolms haqidagi hikoyalar” 73-savol: Ushbu laqabning paydo bo‘lishi 1812-1815 yillardagi AQSh-Angliya urushi paytida amerikalik askarlarga go‘sht yetkazib berib turgan savdogar Semyuel Uilsonga borib taqaladi. Semyuel Uilson yetkazib berayotgan mol go‘shti solingan bochkalarga “United State” – “Qo‘shmna shtatlar” so‘zining birinchi farflaridan iborat “U.S.” tamg‘asini bosgan. Ammo askarlar bu qisqartmaga boshqa kengaytirib o‘qishni o‘ylab topganlar. Ushbu laqab AQShga nisbatan ko‘p qo‘llaniladi. Savol: Ushbu laqabni yozib bering. Javob:Sem amaki. Izoh: “U.S.” harflaridan Uncle Sam (Sem Amaki) deyishgan. Manba: https://odam.uz/Qiziqarli/sem-amaki-u-kim-va-bu-suratning-tarixi-qanday 74-savol: Argentinalik shaxmatchi Migel Naydorf 1947 yili Braziliyaning San Paolo shahrida 45 ta taxtada eng yaxshi shaxmatchilarga qarshi bir vaqtda o‘yin o‘tkazgan. Natija esa 39 g‘alaba, 4 durang, 2 mag‘lubiyat bo‘lgan. Asli o‘zbekistonlik Timur Gareyev 2017-yili 48 taxtada shaxmatchilarga qarshi bir vaqtda o‘yin o‘tkazib, yangi rekord o‘rnatgan va Ginnes kitobiga kirgan. Natijasi 35 g‘alaba, 7 durang va 6 mag‘lubiyatdan iborat bo‘lgan. Savol: Yuqoridagi 2 ta faktda ham biz 2 ta so‘zni tushirib qoldirdik. Ushbu so‘zlarni yozib bering. Javob:Taxtaga qaramay. Izoh: Yuqoridagi 2 shaxmatchi ham raqiblari bilan taxtaga qaramay shaxmat o‘ynab rekord qo‘yishgan Zachot: Doskaga qaramay. Shu mazmundagi javoblar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling