Yaratilgan sanasi: Mon, 25 Sep 2023 12:18:34 +0500
Page 23
Manba: https://chesswood.ru/news/2016/timur-gareev-sygral-vslepuyu-na-48-doskah.html
75-savol:
Sergey Yesenin ijodidan to‘rtlik. To‘rtlikda yashiringan so‘z mavjud. Ko‘rdingizmi, tutunga botib, Tumanli
ko‘l atrofida tez. Temir burni zo‘r xurrak otib, Uchib shoshib o‘tarkan X. Savol: Xni bir so‘zda ayting
Javob:Poyezd.
Manba: https://t.me/Sergey_Yesenin/153
76-savol:
Bu so‘z asli lotincha bo‘lib, kechiktiruvchi degan ma’noga ega. Bu so‘z bir necha tilda iqtisodiy atama
sifatida favqulodda hodisalar natijasida to‘lovni kechiktirish ma’nosida qo‘llaniladi. Hozirda ushbu so‘z
nafaqat iqtisodiy atama, balki harbiy, siyosiy va boshqa sohalarda ommaviy xabar vositalarida ko‘p
qo‘llanilyapti. Savol: Ushbu so‘zni yozib bering.
Javob:Moratoriy.
Manba: Alibek Rustamiy “So‘z haqida so‘z” 74 bet
77-savol:
Ushbu eksponatlar to‘plami 8000 dan ortiq sopol haykallar, otliqlar va jang aravalaridan tashkil topgan.
Askarlar haykalining bo‘yi 175-200 sm. Jang aravalari va otlari ham haqiqiysining o‘lchamlarida ishlangan.
Ushbu to‘plamni 1974-yilgi qurg‘oqchilikdan aziyat chekib, quduq qazmoqchi bo‘lgan dehqonlar topgan.
Savol: Biz bu to‘plamni qaysi nom bilan bilamiz?
Javob:Terrakota armiyasi.
Izoh: Terrakotalar armiyasi Sin Shi Xuandini narigi dunyoda qo‘riqlash uchun u bilan birga mil. avv. 210-
yilda dafn qilingan.
Zachot: Sin Shixuandi qabri jangchilari, sopol armiya.
Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/Terracotta_Army
78-savol:
Ilgari temirchilar payvandlanadigan metallning haroratini aniqlash uchun UNDAN foydalanishgan. Ular
metallni UNGA yaqin keltirishgan. Аgar U issiqdan charsillasa, egilib, burila boshlasa, payvandlash uchun
yetarli harorat hisoblangan. Savol: Uni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |