29-savol:
.
Agar Yaponiyada shahar ko‘chasida sizning yo‘lingiz yo‘l ishlari sababli to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa,
maxsus
shaxs oldingizga kelib bu ishni qiladi. Ko‘plab yaponlar his-tuyg‘ularini
omma oldida namoyish etishga
moyil bo‘lmagani sababli maxsus mutaxassislarni yollashadi. Ular hatto yig‘lab
bu ishni amalga oshirishi
mumkin. Diqqat savol: bu mutaxassislar nima ish qilishadi?
Javob:kechirim so‘rash, uzr so‘rash.
Izoh: Mutaxassis piyodalardan noqulayliklar uchun uzr so‘rashadi. Maxsus "Uzr so‘rash agentliklari" to‘lov
evaziga sizning nomingizdan har qanday darajadagi kamchilik uchun uzr so‘raydi.
Biz ham bugungi
savollarda kamchiliklar o‘tgan bo‘lsa, uzr so‘raymiz
30-savol:
.
1987 va 1988-yillarda Toshkentga ko'plab oilalar tomonidan 10 minglar atrofidagi
keramik plitalar
yuboriladi. Ushbu keramik plitalardan bir bog'ni yaratish jarayonidagi
dekorativ ishlar uchun
foydalanishadi. Diqqat savol: Ushbu plitalar qaysi shahardan yuborilgan?
Javob:Sietl
Yaratilgan sanasi: Thu, 20 Apr 2023 21:36:14 +0500
Page 10
Izoh: Bugungi kunda Do'stlik (sobiq Bobur) bog'ida joylashgan Sietl parki
ushbu yillar davomida bunyod
etilgan
va uni bezashda, AQSH ning Sietlidan bo'lgan oilalar yuborgan keramik plitalardan foydalanilgan.
Sietl
va Toshkent shaharlari esa, 1973-yili AQSH va SSSR shaharlari o'rtasidagi dastlabki "og'a-ini
shaharlar" bo'lgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan EkoZakovat turniri ham aynan Sietl parkida o‘tkazilgani ham
yodingizda bo‘lsa kerak.