Yaratilgan sanasi: Thu, 0 Apr 2023 21: 36: 14 +0500 Page 1-savol


Download 171.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana05.05.2023
Hajmi171.9 Kb.
#1427586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2021 22-yilgi Professional Liga Bahorgi mavsum 7-tur Milliy jamoasi

25-savol:
.
Ular sifatida o‘z vaqtida shamol tegirmonlari, daraxtlarga o‘rnatilgan tunuka temir, shovqinli
zambaraklardan foydalanilgan. Ularning dastlabkilari Misrda, Nil atrofida bo‘lgani aytiladi. Yaponlar Uning
effektini oshirish uchun eski teri, baliq suyaklaridan ham foydalanishar ekan. Diqqat savol: gap nima
haqida ketayotganini topgan bo‘lsangiz, 20-asrdagi bir manbaga ko‘ra U qayerga hukmdor bo‘lganligini
yozib bering.
Javob:Zumrad shaharga
Izoh: Gap dala qo‘riqchilari haqida edi. Frenk Baumning “Oz mamlakati sehrgari” asarida dala qo‘riqchisi
Oz mamlakatiga, Aleksandr Volkovning “Zumrad shahar sehrgari” asariga ko‘ra esa Zumrad shahar
hukmdoriga aylangan
Zachot: Oz mamlakati.
26-savol:
.
Moskva shaxmat muzeyida 300 ga yaqin eksponatlar mavjud. Ular orasida Gulagda yasab o’ynalgan tikonli
shaxmat to'plami, kosmosda o’ynalgan kosmik shaxmat va ushbu shahardan keltirilgan kartonli shaxmat
to'plamlari mavjud. Diqqat savol: kartonli shaxmat qaysi shahardan keltirilgan?
Javob:Leningraddan.
Izoh: ma’lumki 1941-44 yillarda Leningrad qamalda bo’lgan va ko’plab narsalarning yetishmovchiligi
kuzatilgan. Ana o’shanda kartondan shaxmat to’plamini yasashgan ekan.


Yaratilgan sanasi: Thu, 20 Apr 2023 21:36:14 +0500
Page 9
27-savol:
.
Uni Xitoyda yangi yil bayramida to‘kin-sochinlik belgisi sifatida bir biriga tuhfa qilishadi. Ba’zilar Uni ta’mini
olmaga, ba’zilar qovunga o‘xshatadi. Uning urug‘larini dastlab Malay arxipelagidan Vest-Indiyaga ingliz
kapitani Sheddok olib kelgan edi. U nimaligini yozib bering?
Javob:pomelo,
Izoh: ma’nosi pome+melon, ya’ni olma+qovun deb tarjima qilinadi. Inglizlar esa ko‘pincha pomeloni
kapitan sharafiga Sheddok deb ham atashadi.
28-savol:
.
XVI asrdagi bir asar qahramoni mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroqni osib qo‘yish xavfli ish ekanligini
tushunadi, shuning uchun tishigacha qurollangan holda, temirni tishlab turadi. Diqqat savol: bu qaysi asar?
Javob:Flamand maqollari
Izoh: Katta Piter Breygel bu kartinasida 100 dan oshiq flamand maqollari va iboralari tasvirlangan.
Yuqoridagi qahramonda "tishlarigacha qurollangan" ya’ni yaxshi tayyorlangan, "mushukga qo‘ng‘iroq
osish" ya’ni xavfli ishni amalga oshirish va "temirni tishlagan" tinmay yolg‘on gapiruvchi maqollari
tasvirlangan.
Zachot: Niderland maqollari, Umbaloq oshgan dunyo.

Download 171.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling