Yaratilgan sanasi: Tue, 1 Apr 2023 23: 10: 40 +0500 Page 1-savol
Download 65.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Burgutlar jamoasi Farg‘ona-Namangan-Andijon marafoni savollari (12.03.2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-savol: Блиц 1.
- 6-savol: .
4-savol:
. Yaratilgan sanasi: Tue, 11 Apr 2023 23:10:40 +0500 Page 2 Tog‘ay Murod "Yulduzlar mangu yonadi" asarida to‘ylardagi ayollar davrasini tasvirlaydi. Tasavvur qiling, ayollar davrasi, o‘rtaga gulxan yoqilgan, ayollar doirani yelpib-yelpib, halqachalarini shildiratib-shildiratib chaladi, chanqovuz bo‘zlaydi. Davrada ikkita go‘zal, eshilib-eshilib o‘ynaydi, to‘lg‘anib-to‘lg‘anib o‘ynaydi, bir-biriga hamohang bo‘lib o‘ynaydi. Ulardan biri bo‘yi yetgan qiz. Savol: Ikkinchisini siz toping. Javob:Olov. Izoh: Savolda aytilgandek, bu davra olov atrofida bo‘ladi. Qiz va olov bir-biriga hamohang o‘ynaydi deb yozgan yozuvchi. 5-savol: Блиц 1. Tarqattma material! 40-1=40 tarqatma materialda ALFAni sonlar orqali tasvirlab berishga harakat qildik. Savol: ALFAni yozib bering. Javob:Zakot (sadaqa) 2. Tarqatma material! 1>1000 tarqatma materialda BETTAni sonlar tasvirlab berishga harakat qildik. Savol: BETTAni yozib bering. Javob:Laylatul-qadr 3. Tarqatma material! 2,3,4,5....=27 1=1 Uchinchi tarqatma materialda GAMMAni sonlar orqali tasvirlab berishga harakat qildik. Savol: GAMMAni yozib bering. Javob:Jamoat namozi Izoh: Birinchi tarqamada biz zakotni tasvirlashga harakat qildik. Bilamizki, hadislarda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 3 narsaga qasam ichganlar, ulardan biri zakot berish bilan mol kamaymaydi. Laylatur qadr kechasi esa ming oydan yaxshi ekanligi Qadr surasida aytib oʻtilgan. Hadislarda jamoat namozining savobi yolg‘iz oʻqilganidan 27 barobar koʻproq ekanligi aytilgan. 6-savol: . Tog‘ay Murodning " Yulduzlar mangu yonadi" qissasida xalqimizning azaliy udumlaridan biri kurash haqida so‘z boradi. Adib polvonlar haqida gapirar ekan, ularga turli xil xususiyatlariga ko‘ra laqablar beradi: G‘irrom polvon, lanj polvon va hokazo. Polvonlardan biriga Po‘stak polvon deb laqab beradi. Savol: Aytingchi, bunday laqab olishiga polvonning qanday xususiyati sabab bo‘lgan? Javob:Ma'lumki, po‘stakni qayoqqa otib yuborsa, yerga albatta teskarisi bilan tushadi. Bu polvon ham har doim yerga teskarisi - ko‘kragi bilan tushadi va mag‘lubiyatdan qutulib qoladi Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling