Yaratilgan sanasi: Tue, 1 Apr 2023 23: 10: 40 +0500 Page 1-savol
Download 65.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Burgutlar jamoasi Farg‘ona-Namangan-Andijon marafoni savollari (12.03.2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol: .
- 3-savol: .
Yaratilgan sanasi: Tue, 11 Apr 2023 23:10:40 +0500 Page 1 1-savol: . Ushbu savolimiz oʻyinni ochib beradi! Nemis olimi Otto Frish oʻz taassurotini quyidagicha bayon qilgan edi: «...keyin men sukunat ichra quyosh porlayotganini ko‘rdim. Bu shunday manzara edi». Ikkinchi olim esa oʻz taassurotini quyidagicha sharhlaydi: "Men dunyolarni vayron qiluvchi buyuk ajalman". Savol: Ikkinchi olimning familiyasini yozib bering. Javob:Oppengeymer. Izoh: Ushbu gaplar birinchi atom bombasining sinovidan keyin aytilgan edi. Shuningdek, Oppengeymer ismini "Oʻyinni ochuvchi" deb atash mumkin. 2-savol: . Tog‘ay Murod "Yulduzlar mangu yonadi" asarida to‘y jarayonini tasvirlaydi. Mahalla ahlini yaxshi taniydigan Nabi oqsoqol tomda yonboshlab olib, to‘yxonadagi vaziyatni kuzatadi va tegishli yo‘l-yo‘riqlar beradi. Lekin oqsoqolning eng asosiy vazifasi boshqa. Hozirda bu vazifani bajaruvchi insonlarni to‘ylarda uchratmaymiz, lekin ba'zi muassasalarda aynan shu vazifani amalga oshiruvchi zamonaviy qurilmalarni topish mumkin. Savol: Ushbu qurilmaning nomini xorijiy so‘zlar bilan ayting. Javob:Face control. Izoh: Nabi oqsoqol uzoqdan kelayotgan mehmonlarni tanishi va ularning kelayotgani haqida mezbonlarga xabar berishi lozim edi. Hozirgi kunda idora va tashkilotlardagi face control dasturi tashrif buyuruvchilar haqida avtomatik tarzda tizimga xabar beradi 3-savol: . Gitler, Stalin, Freyd va Trotskiy. Bu mashhurlarni nima birlashtirib turadi deb oʻylarsiz. Hozir sizga aytamiz. Bu insonlarni 1913-yilda ALFA birlashtirib turgan. Boshqa bir ALFA ning esa 3 xil turi mavjud boʻlib, asosan, oʻtkazish va tashish vazifalarini bajaradi. ALFA "akasiga" nisbatan ozgina nimjonroq va birozgina sekinroq harakatlanadi. Savol: ALFAning nima ekanligini aniq yozib bering. Javob:Vena. Izoh: Gitler, Stalin, freyd va Trotskiy 1913-yilda Venada bir-biriga yaqin hududda yashashgan. Inson tana aʼzosidagi vena tomirlari esa asosan yurakka va yurakdan qon tashish vazifalarini bajarib, arteriya tomirlariga nisbatan devori yupqaligi sababli nimjonroq, ya’ni tezda yorilib ketadi. Arteriya tomiriga nisbatan qon sekinroq harakat qiladi. Manba: 1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Venalar 2. https://www.ukr.net/news/details/science/59444533.html Download 65.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling