Yaratilgan sharoitlar, natijalar, muammolar va


Download 426.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi426.34 Kb.
#1375074
1   2   3   4   5
Bog'liq
fan-va-ta-limda-amalga-oshirilayotgan-islohotlar-yaratilgan-sharoitlar-natijalar-muammolar-va-yechimlari

Shavkat Mirziyoyev 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 565
Hozirgi tez rivojlanadigan davrda, har bir mamlakatning ilmiy salohiyati uning 
iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlarini qo‘llab quvvatlashga qaratilgan va shu asnoda ilmiy 
texnikaviy zamon shakllanmoqda.Bu esa har bir davlatni Fan ta’lim tizimiga alohida 
e’tibor qaratishi va turli xil rivojlantirish strategiyalarini belgilash masalalari dolzarb 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Mamlakat qudrati, avvalo, ta’lim tizimi bilan 
belgilanadi.Jamiyatning ta’lim tizimiga qarab uning ma’naviy kamoloti, aql-
zakovoti,ma’rifatlilik darajasi va uning kelajagi haqida fikr bildirish mumkin.Shu 
sababli ta’limning sifatini oshirishga intilish,integratsiyalashayotgan mintaqlar uchun 
ta’lim dasturlari va andozalarini birxillashtirish, “Butun umr uzluksiz ta’lim” 
strategiyasini amalga oshirish va globallashuv jarayonining yanada takomillashtirish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqgan holda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yosh avlodning ijodiy va intelektual salohiyatini 
qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda va 
yoshlarga oid davlat siyosatini yuritilayotgani natijasida “
Yoshlar bilan ishlash 
Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – 
hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur” 
degan fikrni Yoshlar 
forumida ta’kidlab o‘tdilar. Sababi, Har bir yosh avlod ertangi kunimizning, 
kelajagimizning poydevorlari deb qaralmoqda.Shu asnoda ularning ilm olishi uchun Fan 
ta’lim tizimida turli xil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Uchinchi 
Renessansni Mamlakatimida joriy etilganini va buni yoshlar bunyod etishi ham 
yoshlarga katta e’tibor qaratilishidan dalolat beradi. Ya’ni, hozirgi jarayonlarda biz 
o‘zimizga iqtisodiyotning barcha sohalarini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha ustuvor 
vazifalar belgilayapmiz. Bu esa innovatsion iqtisodiyotni innovatsion fikrlaydigan 
mutaxasislariga talab oshadi. Shuning uchun O‘zbekistonda xalqaro andozalarga mos 
keladigan, yangi, uzluksiz ta’lim tizimini yaratish uchun barcha imkoniyatlar ishga 
solinmoqda. Yaqqol misoli sifatida 2020 yilga “ Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili” deb nomlanishi ham mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq 
toptirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi qilib 
tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishga ulkan ishlar qilindi. 
Prezidentimiz har safar so‘zga chiqganlarida ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor 
berayotganliklari hamda O‘zbekistonning 34,0 million aholisining qariyb 60 foizini 
yoshlar tashkil qilayotganini va ma’rifatparvar olim, yurtimizdagi ilk maktab 
asoschilaridan biri Abdulla Avloniy yoshlar haqida “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo 
mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan fikrlarni 
takidlab o‘tmoqdalar. Ha albatta, mamlakat yoshlariga berilayotgan bilim hamda to‘g‘ri 
tarbiya mamlakat taraqqiyoti uchun har qanday moddiy va boshqa resurslardan 
afzaldur. O‘zbekistonda fan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham shu 
jumlasidandur. Xususan, 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tashkil etilishi va “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 426.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling