Yaratilish tarixi: birinchi monitor qanday paydo bo'ldi?


Download 1.18 Mb.
bet4/4
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1119865
1   2   3   4
Bog'liq
Axmatov Muhammad referat

Monitor


Rang-mono


Matn-holati


Grafika holati


MDA


Monohrom


80х25, 2


640х200, 2


CGA


Rangli


80х25, 16


640х200, 2


MCGA


Rangli


80х25, 16


640х480, 16


Hercules


Monohrom


80х25, 2


720х348, 2


EGA


Rangli


80х25,16 80х25, 16


640х350, 16


VGA


Rangli


80х25, 16

80х25, 16


640х480, 16

Komputerning nurli chehrasiSHANBA, 15 DEKABR 2012
Negaligini bilmayman-u, lekin oxirgi paytlarda aksariyat kompyuterlarning monitorlarini qora rangda chiqarishmoqda. Hayronman, nega oq va yorqin ranglardagi monitorlar juda kam? Monitor kompyuterning yuzi hisoblanishini inobatga olsak, uning ochiq ranglarda bo‘lishi ayni muddaodir. Nima derdik, ishlab chiqaruvchilar masalaning bu tomonini o‘ylab o‘tirmaydilar. Asosiysi – rangi qora bo‘lsa ham, monitorning yuzi yorug‘dir.
Demak, bugun siz bilan monitorlar haqida suhbatlashamiz. Monitor – kompyuterdagi axborotni tasvir orqali aks ettirib beruvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy monitorlar tashqi qobiq (korpus), manba bloki, boshqarish platasi va ekran kabi qismlardan tashkil topadi. Monitor so’zining o‘rnida «Displey» atamasi ham qo‘llanilishi mumkin. Monitorni kompyuter bilan bog‘lovchi ko‘prik – videokartadir. Axborot, ya’ni videosignal monitorga kompyuterdan aynan videokarta orqali uzatiladi.
Bir o’ylab ko‘raylikchi, monitorda qanday narsalar aks ettirilishi mumkin? Ular harflar, raqamlar, belgilar, vektor chiziq yoki chiziqlar jamlanmasi, rasmlar, videotasvirlar, ya’ni harakatdagi dinamik tasvirlar bo‘lishi mumkin.
Monitorlar bir necha xil bo‘lib, yillar o’tishi davomida ularning turi ko‘payib, texnik jihatdan takomillashib bormoqda. Monitor, deganda ko‘pchilik to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ekranni tushinishi mumkin. Lekin, aslida, oddiy kalkulyatorning displeyi ham monitor sanaladi. Chunki u kalkulyator ichidagi ma’lumotni foydalanuvchiga tasvir ko‘rinishida uzatadi. Hattoki, chorrahalardagi svetofor ham monitor (displey)ning bir turidir.
Avvalgi kompyuterlar faqatgina murakkab hisob-kitoblarni bajarish uchungina ishlatilgan. Unda na matn terilgan, na qo’shiq eshitib bo’lgan, na o’yin o’ynay olingan, na kino ko’rib bo’lgan. 1977-yilda «Apple» firmasi muhandis va dasturchisi Stiv Voznyak (siz bilgan Stiv Jobsning do’sti, hamkori) kompyuterdagi ma’lumot va axborotni foydalanuvchiga tasvir ko‘rinishida uzatish uchun ilk bor NTSC tizimida ishlaydigan televizordan foydalangan.
Mana shundan keyin barcha kompyuterlar bir xilda, televizorga o‘xshash maxsus monitorlar bilan jihozlana boshlangan. Bugungi kunda kompyuter monitorlarining quyidagi turlari mavjud.


1) Elektron nurli trubkali monitor (Catode Ray Tube – CRT).


Bu o’sha biz bilgan televizorga o’xshagan monitor bo‘lib, uning asosiy qismi shishadan yasalgan trubka hisoblanadi. Bu – monitorlarning eng eski turi. Bunday shishali monitorlar endilikda ishlab chiqarilmaydi va sotilmaydi. Ishlash prinsipi bir xil bo‘lgani uchun bunday turdagi televizorlar ham endilikda iste’moldan chiqib ketmoqda.


2) Suyuq kristalli monitor.

Bunday monitorlar ruschasiga «jidko-kristallicheskiy» deb nomlanadi, ingliz tildagi yozilishi LCD dir (liquid Cristal display). Bugungi kunda monitorlar ichida eng keng tarqalgani aynan LCD turidir.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling