Yarim titrama g’alvirlar


Download 80 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi80 Kb.
#223405
Bog'liq
jonibek boyitish


Reja;


  • Yarim titrama g’alvirlar .

  • Qutisi aylanma harakatlanuvchi titrama (inersion) g’alvirlar .

  • G’alvirlarning ish unumdorligi .

Yarim titrama g’alvirlar to`r o`rnatilgan qutini ekssentrik val yordamida vertikal tekislikda aylanma harakatlanishi bilan xarakterlanadi.

Qo`zg’almas ramaga podshipniklarda gorizontal holda ekssentrik val o`rnatilgan. g’alvir qutisiga tebranuvchi podshipnik mahkamlangan. Quti unga tortilgan to`r (2 ta yoki 3 ta ham bo`lishi mumkin) bilan gorizontga nisbatan 20-30o burchak ostida o`rnatiladi va shunday holatda amortizatorlar yordamida ushlab turiladi.

Valga harakat ramaga o`rnatilgan elektrodvigateldan uzatma va shkiv orqali beriladi. g’alvir qutisi vertikal tekislikda kichik radiusli aylanma harakat qiladi (1-rasm).

Qutining tebranishlar amplitudasi va harakat trayektoriyasi faqat o`rta qismi uchungina doimiydir. qutining elliptik trayektoriya bo`yicha harakatlanuvchi chetki qismlari o`rta qismining tebranish amplitudasiga nisbatan erkinroq tebranish va amplitudaga ega. quti chetlarining harakatlanish xarakteri amortizatorlarning qattiqligi bilan aniqlanadi.

Yarim titrama g’alvirlar og’ir (GGT) va o`rta (GGS) turda tayyorlanadi. Ular yirik bo`lakli (400 mm gacha) hamda mayda (1 mm gacha) mahsulotni g’alvirlashda ishlatiladi.



1-rasm. Yarim titrama (giratsion) g’alvirlarning sxemasi.

1 - rama; 2 - tayanch; 3 - quti; 4 - ressor; 5 - osilgich; 6 - disk; 7 - kontr yuk; 8 - val; 9 - to`rlar; 10 - qo`zg’aluvchi podshipniklar; 11 - tub podshipniklar; 12 - shkif; 13 - elektrodvigatel.


Yarim titrama g’alvirlarda tebranishlar amplitudasining beriladigan mahsulot og’irligiga bog’liq emasligi bu g’alvirlarni og’ir sharoitda yuqori ishlab chiqarish unumdorligi bilan ishlatishga (1500 t/soat) imkon beradi.

Bu g’alvirlarning kamchiligi: tuzilishining murakkabligi (valda 4 ta podshipnik borligi, ularni aniq o`rnatishning murakkabligi va h.k.). Shuning uchun bu g’alvirlar keyingi yillarda tuzilishi soddaroq titrama g’alvirlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.


Qutisi aylanma harakatlanuvchi titrama (inersion) g’alvirlar

Inersion titrama qo`zg’atuvchili titrama g’alvirlar boyitish fabrikalarida turli xil mahsulotlarni g’alvirlash va suvsizlantirish uchun qo`llaniladi. Ular sodda tuzilishga ega, oson boshqariladi va ishlatishda ishonchli. Egiluvchan tayanch yoki unchalik qattiqmas prujinali osilgichlarni qo`llash g’alvirning asosi va binoning tomiga tushadigan dinamik yukni sezilarli darajada kamayishini ta`minlaydi.

Inersion g’alvirlar osilma va tirgakli tarzda tayyorlanadi. g’alvirlar osilma tarzda tayyorlanganda osilgichlarning qattiqligi gorizontal yo`nalishda juda kam bo`lgani uchun, g’alvir ishga tushirilayotgan va rezonans paytida tebranishlar asosan vertikal yo`nalishda bo`ladi (2-rasm).

G’alvirlar tirgakli (tayangan) tarzda tayyorlanganda prujinalar gorizontal yo`nalishda ma`lum qattiqlikka ega bo`ladi. Shuning uchun rezonans tebranishlar quti bo`ylab sodir bo`ladi. Rezonans uzoq muddat davom etmaydi, keyin ularning amplitudasi kamayadi.



G’alvir rezonansdan tashqari tartibda ishlay boshlaydi. g’alvir to`xtaganda tebranishlar amplitudasi ishchi qiymatdan 0 gacha o`zgaradi. Inersion g’alvirlarning quyidagi turlari mavjud: yengil turdagi g’alvirlar - GIL -32; GIL-42; GIL-43; GIL-52; GIT-52. O`rtacha turdagi g’alvirlar - GIS-42; GIS-52; Og’ir turdagi g’alvirlar - GIT-32 N, GIT-41, GIT-41 A, GIT-42 N, GIT-51 B va h.k.

2-rasm. qutisi aylanma harakatlanuvchi titrama (inersion) g’alvirlar:

1-to`rlar o`rnatilgan quti; 2-titrama qo`zg’atuvchi; 3-prujinali tayanch; 4-tasmali uzatma; 5-elektrodvigatel; 6-val; 7-muvozanatlovchi; 8-valning podshipniklari; 9-shkiv.

G’alvirlarning ish unumdorligi

G’alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligi bir qator omillarga bog’liq: dastlabki mahsulotning granulometrik tarkibi; mahsulotning namligi; g’alvir teshiklarining o`lchami; talab qilinadigan g’alvirlash samaradorligi; g’alvirning mexanik ish tartibi.

Ishlab chiqarish unumdorligi va g’alvirlash samaradorligi orasida teskari bog’liqlik mavjud - ishlab chiqarish unumdorligi ortgan sari shu sharoitning o`zida g’alvirlash samaradorligi kamayadi.

G’alvirlarni texnologik hisoblash berilgan ishlab chiqarish unumdorligi va g’alvirlash samaradorligida g’alvirlovchi yuzaning o`lchamini aniqlashdan iborat.

G’alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash uchun bir qator formulalar taklif qilingan. Ularning hammasi:

Q = q F k s (1)

formulasining turli ko`rinishidir.

bu yerda: q - g’alvirning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi,m3/m2 s.;

s - mahsulotning sochma zichligi, t/m3 ; F - g’alvirning ishchi yuzasi, m2 ;

k - tuzatish koeffitsienti

Quyida g’alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashning bir necha usullari beriladi.

G’alvirning dastlabki mahsulot bo`yicha ishlab chiqarish unumdorligi, t/soat da.

Q = F q s k l m o p (2)
bu yerda: F - g’alvirning ishchi yuzasi, m2 ; q - g’alvirning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, m3/m2 s.; s - mahsulotning sochma zichligi, t/m3 ; k, l, m, o, p - tuzatish koeffitsientlari (katalogdan)

Agar g’alvir ko`zining o`lchami noma`lum bo`lsa:

F = 0,85 L B (3)
bu yerda: L va B - g’alvirlovchi qutining uzunligi va kengligi, m.

Agar g’alvirning texnik xarakteristikasida g’alvir ko`zining o`lchami keltirilgan bo`lsa, formuladagi 0,85 tushirib qoldiriladi.

Dastlabki mahsulotning chiziqli xarakteristikasida (ruda bir tekis kattalikka ega) Q ni aniqlash uchun soddalashtirilgan formula ishlatiladi:
Q = q  k l (4)
bu parametrlarning qiymati yangi katalogdan topiladi.

Ikki to`rli g’alvirlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori va pastki g’alvir bo`yicha alohida-alohida hisoblanadi.

Xulosa

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati .

1. A.Barry Wiils and A.James Finch. «Wiil’s Mineral Processing Technology». USA University of Technology, 2007.

2. I.K. Umarova. «Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi». Toshkent, 2013.

3. I.K.Umarova, G.Q.Solijanova. «Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyitish». Toshkent, 2009.

4. В.Д.Самыгин и др. «Основы обогащения полезных ислопаемых» Москва «Алтекс». 2003.

5. В.М. Авдохин. «Основы обогащения полезных ископаемых». Учебник - М.: МГГУ, 2006.

6. С.И.Полкин, Э.В.Адамов. «Обогащение руд цветных металлов». М. «Недра» 1983.

7. «Справочник по проектированию рудных обогатителных фабрик». М. «Недра» 2002.

8. «Справочник по проектированию рудных обогатителных фабрик». М. «Недра» 2003.

9. В.Н.Шохин, А.Г.Лопатин. «Гравитационные методы обогащения». Учебник. М.: Недра. 1993.

10. А.А.Абрамов. «Флотационные методы обогащения». Учебник. М., Недра, 1984. 383 с.

11. В.Л.Егоров. «Магнитные, электрические и специалные методы обогащения руд». М.: Недра, 1977.

12. S.A.Abdurahmonov. «Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgohlari». Navoiy, NDKI, 2001.

13. В.В.Глембоцкий. «Флотационные методы обогащения». М.: Недра, 1981.

14. С.И.Митрофанов, Л.А.Барский, В.Д.Самыгин «Исследование полезных ископаемых на обогатимост». М.: Недра. 1984.



15. «Справочник по обогащению руд». М.: Недра. 1985.

16. K.А. Разумов, В.А.Перов. «Проектирование обогатителных фабрик». М.: Недра. 1982.
Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling