Yarim yemirilish davri T
Download 59.97 Kb.
|
kimyo
Sterik son molekula shakli va gibridlanish turini aniqlashda asosiy o’ringa ega bo’lgan qiymat. Uni markaziy atom bilan bog’langan atomlar soniga(ko’pincha sigma bog’lar soniga teng bo’ladi) bo’g hosil qilishda qatnashmagan electron juftlar sonini qo’shish orqali aniqlash mumkin. Masalan, metan(CH4: C atomida 4 ta sigma bog’), ammiak(NH3: N atomida 3 ta sigma bog’ va 1 ta juft elektron) va suv(H2O: O atomida 2 ta sigma bog’ va 2 ta juft elektron) molekulalari bir xil sterik songa ega. Shuni unutmangki molekula shaklini faqat atomlar belgilab beradi. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri?
Javob: Berilgan moddalarning barchasi bir xil sterik singa ega. Ularning gibridlanish turi bir xil, electron bulutlar soni bir xil bo’lgani uchun elektron bulut geometriyasi ham bir xil, electron bulut geometriyasi bir xil bo’lgani uchun ular orasidagi burchak ham o’xshash bo’ladi. Ammo electron juftlar molekula shaklini belgilamagani uchun bu molekulalar fazoviy shakli turlicha.(B variant) Bir xil sterik songa ega bo’lgan molekulalar bir xil gibridlanish turiga ega bo’ladi Bir xil sterik songa ega bo’lgan molekulalar fazodagi shakli bir xil bo’ladi Bir xil sterik songa ega bo’lgan molekulalarda bog’lar orasidagi burchak qiymati juda yaqin bo’ladi Bir xil sterik songa ega bo’lgan molekulalarda elektron bulut geometriyasi bir-biriga juda o’xshash bo’ladi. 11. Kordinatsion son molekula tarkibidagi atom uchun eng yaqin joylashgan boshqa atomlar sonini ko’rsatib beradi. Ko’pincha kordinatsion son va valentlik qiymatlari bir biriga mos keladi. Ammo ba`zi holatlar borki bu qiymatlar umuman boshqa-boshqa qiymatlarga ega bo’ladi. NaCl dagi Na ionining va karbonat angidriddagi uglerod atomining kordinatsion soni va valentligini aniqlang. Javob: NaCl molekulasida natriy kationlari atrofini kristall holatda 6 ta xlorid anionlari qoplab olgan bo’ladi. Demak natriyning kordinatsion soni 6 ga, valentligi 1 ga teng. CO2 molekulasida esa C atomi 2 ta kislorodga 4 ta bog’ orqali bog’langan. Demak, uglerodning kordinatsion soni 2 ga, valentligi 4 ga teng. Download 59.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling