Yarim yemirilish davri T
Download 59.97 Kb.
|
kimyo
(A variant)
a. NaCl: 6 va 1 CO2: 2 va 4 b. NaCl: 1 va 1 CO2: 4 va 4 c. NaCl: 6 va 6 CO2: 4 va 2 d. NaCl: 1 va 6 CO2: 2 va 2 12. Gibridlanish bu bog’ hosil qilish jarayonida turli xil orbitallardan bir xil bo’lgan umuman boshqa turdagi orbitallarning hosil bo’lishi hisoblanadi. Bunda hosil bo’lgan orbitallar boshlang’ich orbitallar shakliga o’xshash bo’ladi va o’xshashlik gibridlanishdan oldingi turli orbitallar soni nisbatiga bog’liq. Ya’ni sp3 orbitallar 3 ta p va 1 ta s orbital qo’shilishidan hosil bo’lib, ko’proq p orbitalga o’xshasa, sp orbitallar s va p orbitallarga bir xilda o’xshash bo’ladi. Aytingchi, quyidagi orbitallar hosil qilgan bog’larning qaysi biri uzunroq bo’ladi? Javob: Bog’ uzun bo’lishi uchun uni hosil qilgan orbitallar uzunroq bo’lishi kerak. p orbitallar s orbitallarga nisbatan uzunroq, ya`ni qaysi gibridlangan orbital p orbitalga o’xshash bo’lsa, ular hosil qilgan bog’ ham uzunroq bo’ladi. sp3 orbital p orbitalgan ko’proq o’xshaydi, demak javob sp3-sp3 (A variant) a. sp3-sp3 b.sp2-sp2 c. sp-sp d. sp3-sp2 13. Gess qonuni bo’yicha ma’lum bir moddadan boshqa modda olinganda, bu jarayon necha bosqichda ketishidan qat`iy nazar issiqlik effekti bir xil miqdorda bo’ladi deb aytiladi. Ya`ni A moddadan D modda 1 bosqichda olinganda qancha issiqlik ajralib chiqsa, boshqa yo’l bilan A moddadan D modda 5 bosqichda olinsa ham shuncha issiqlik ajralib chiqadi. A → B + Q1 B → C + Q2 C → A + Q3 (Q – reaksiya issiqlik effekti) Variantlarda keltirilganlardan to’g’risini toping. Javob: Uchta reaksiya natijasida A moddadan oxir oqibatda yana A modda hosil bo’lmoqda, ya`ni bu uchta reaksiya issiqlik effektlari yig’indisi 0 ga teng bo’lishi kerak: Q1+Q2+Q3=0. Q2 ni tengning o’ng tarafiga olib o’tsak, Q1+Q3=-Q2 ifoda hosil bo’ladi (B variant) Q1+Q2=Q3 Q1+Q3=-Q2 Q3-Q2=-Q1 -Q3-Q2=-Q1 14. Yadro reaksiyalarida ko’pincha o’qituvchilar alfa zarracha ajralib chiqqanida, alfa o’rniga geliy atomini yozishadi. Ammo alfa zarracha va geliyning bir juda katta farqi bor. Aytingchi bu qanday farq? Javob: Alfa zarracha faqat 2 ta proton va 2 ta neytrondan tashkil topgan, ya`ni unda elektronlar yo’q. Download 59.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling