Yarim yemirilish davri T


Download 59.97 Kb.
bet5/6
Sana09.04.2023
Hajmi59.97 Kb.
#1343157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kimyo

(C variant)
a. geliyda protonlar alfaga nisbatan ko’proq bo’ladi
b. zarrachalar tarafdan umuman farq yo’q, shunchaki geliy yadro reaksiyasida ajralib chiqmaydi, alfa esa ajralishi mumkin
c. alfa zarra tarkibida elektronlar yo’q, geliy tarkibida esa ular 2 tani tashkil etadi
d. ular o’rtasidagi farq faqat yozilishida

15. Le-Shatelye prinsipi kimyoviy muvozanatdagi o’zgarishlarni yaxshi ko’rsatib bera oladi. Bunda reaksion sistema doimiy ravishda muvozanatni ushlashga harakat qiladi. Masalan: sistemaga boshlang’ich modda qo’shilsa uni kamaytiradi, bosim ortsa uni ham kamaytirishga harakat qiladi. Tasavvur qilaylik, yopiq idishda A gazdan B qattiq modda hosil bo’layapti(A ↔ B) va muvozanat holatida A va B moddalarning miqdori 1 moldan. Agarda biz shu idishga bir moldan A va B moddalarni qo’shsak, muvozanat qaysi tomonga siljiydi?


Javob: Bu holatda yopiq idishga qo’shimcha gaz modda qo’shilyapti, ya`ni sistema bosimi ortdi. Demak sistema bosimni pasaytirishga harakat qiladi va qattiq modda hosil bo’lish tarafga, ya`ni o’ng tarafga siljiydi (B variant)


a. siljimaydi
b. o’ngga siljiydi
c. chapga siljiydi
d. avvalo o’ngga, keyin chapga siljiydi

16. 273 K temperaturada A gaz bilan to’ldirilgan 22,4 l hajmli idish massasi 578 g ni tashkil qildi. Idish ichidagi bosim 1 atm. ga teng edi. Idish og’zi ochilganda gaz havoga juda sekin tarqaldi. Shu idish ichidagi A gaz havoga to’liqligicha chiqarib yuborilgandan so’ng, idishning massasi 561 g ni tashkil etdi. A gazni aniqlang.


Javob: Normal sharoitda 22,4 l gaz 1 mol bo’ladi. 2 holatdagi massalar farqi 17 g ni tashkil etadi. Ikkinchi holatda idish ichida havo borligini hisobga olib aytish mumkinki, 1 mol A gaz massasi 1 mol havo massasidan 17 g gak atta, ya`ni 29+17=46 g ni tashkil qiladi. Bu gaz NO2 gazi (B variant)


a. NH3
b. NO2
c. CO2
d. CH4

17. Normal sharoitda 22,4 l hajmga ega idish ichiga 1 mol qattiq modda A (tuz) solindi va birozdan so’ng idish yopildi. Idish 353 K temperaturagacha ko’tarilganda idishdagi bosim tahminan 2 marta ortdi. Temperatura 375 K gacha ko’tarilganda esa, idishdagi bosim yana tahminan 2 marta ortdi va idish ichida qattiq modda ham, suyuq modda ham qolmadi. Idish temperaturasi 298 K gacha tushurildi va undagi gaz havodan ajratib olindi. Shu gazni shar ichiga polietilen selofan ichiga solinganda, selofan havoda muallaq turganini kuzatish mumkin edi. Savol: A moddani aniqlang


Javob: Boshlang’ich holatda idish ichida bosimni belgilovchi modda havo va normal sharoitda 22,4 l hajmdagi havo 1 mol bo’ladi, bosim esa 1 atm. 353 K gachaqizdirilganda bosim 2 marta ortmoqda, demak gaz moddalar miqdori 2 marta ortdi, ya`ni 1 mol gaz hosil bo’ldi. 375 K gacha qizdirilganda esa yana 2 marta bosim ortdi, demak endi 2 mol gaz hosil bo’ldi. 373 K da suv bug’lanadi, ya`ni reaksiyada 1 mol tuz parchalanib, 1 mol gaz va 2 mol suv hosil bo’lmoqda. Gaz molyar massasi havonikidan ozgina kam (chunki havo to’ldirilgan selofan yerga asta tushgan bo’lar edi). Javob variantlaridan natriy sulfatdan gaz hosil bo’lmaydi, ammoniy karbonatdan 2 mol suv hosil bo’lmaydi, ammoniy nitratdan esa havodan og’ir gaz hosil bo’ladi. Demak to’g’ri javob ammoniy nitrit (parchlansa azot gazi va 2 mol suv hosil bo’ladi)


Download 59.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling