Yarim yemirilish davri T
Download 59.97 Kb.
|
kimyo
(C variant)
a. natriy sulfat b. ammoniy nitrat c. ammoniy nitrit d. ammoniy karbonat 18. 3 ta bir xil massali va bir xil moddaning turli xil konsentratsiyali eritmalari bor. Uchala eritmani qo’shsak 56,67% li eritma hosil bo’ladi. Agar ikkinchi eritmaning yarmiga uchinchi eritma qo’shilsa 46,67% li eritma hosil bo’ladi. Birinchi va ikkinchi eritmalar qo’shilishidan hosil bo’lgan eritmaning yarmiga uchinchi eritmani qo’shsak 52,5% li eritma hosil bo’ladi. Eritmalar konsentratsiyalarini toping. Javob: Bu holatda uchta eritma massalari bir xil bo’lganligi uchun massa ulushlardan foydalanib 3 noma`lumli sistema hosil qilish mumkin. (x+y+z)/(1+1+1)=56,67 (y/2+z)/(1/2+1)=46,67 ((x+y)/2+z)/((1+1)/2+1)=52,5 Bu sistemani yechish orqali aniqlash mumkinki x=70%, y=60%, z=40% (A variant) a. 70%, 60%, 40% b. 80%, 40%, 30% c. 45%, 60%, 80% d. 75%, 45%, 50% 19. Etan(C2H6), etilen(C2H4) va asetilendan(C2H2) iborat 3 mol aralashma massasi 84 g. Agar shu aralashma tarkibida 0,75 mol alkan bo'lsa, alkenning miqdorini aniqlang. Javob: Aralashma o’rtacha molyar massasi 84/3=28 g/mol ga teng. Bu miqdor etilen molyar massasiga teng, etan molyar massasidan 2 ga kichik, asetilen molyar massasidan esa 2 ga katta. Bu degani etam miqdori asetilen miqdoriga teng, ya`ni ularning umimiy miqdori 0,75+0,75=1,5 mol. Demak etilen miqdori 3-1,5=1,5 mol (B variant) a. 1 mol b. 1,5 mol c. 2 mol d. 2,5 mol 20. 250 g eritma bug'latilganda tuzning massa ulushi 1,25 marta ortdi. Hosil bo'lgan eritmaga keyin 50 g tuz qo'shilganda uning massa ulushi 30% bo'ldi. Boshlang'ich eritmada tuzning foiz konsentratsiyasini toping. Javob: Bug’latilganda eritmadan faqat suv molekulalari chiqib ketadi. Demak tuz massa ulushi 1,25 marta ortgan bo’lsa eritma massasi 1,25 marta kamayadi, ya`ni 250/1,25=200g. 50 g tuz qo’shilsa, eritma massasi 250 g bo’ladi, tuz massasi esa 250*30%/100%=75 g bo’ladi. Demak boshlang’ich eritmada tuz massasi 75-50=25 g tuz bo’lgan. Eritma konsentratsiyasi 25/250*100%=10% bo’lgan. (B variant) a. 25 b. 10 c. 75 d. 20 Download 59.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling