Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik. Yarimo’tkazgichli asboblar(diod,tranzistor) va ularning texnikada qo’llanishi


Download 0.56 Mb.
bet4/5
Sana29.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1733166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik

Tranzistor haqida tushuncha.Ikkita p-n o'tishga ega bo'lgan yarimo'tkazgichli sistemaga tranzistor deyiladi. Tranzistor yordamida elektr tebranishlari hosil qilinadi, boshqariladi va kuchaytiriladi. Tranzistorni tayyorlash uchun elektron o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan germaniy kristalining ikkita tomoniga indiy kavsharlanadi. Germaniy kristalining qalinligi juda kichik bo'ladi (bir necha mikrometr). Mana shu qatlam tranzistor asosi, ya'ni bazasi deb ataladi ( a-rasm).


Uning kovakli o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan ikkita tomonidan chiqarilgan uchlari emitter va kollektor deyiladi. Bunday turdagi tranzistorni p-n-p struktu-rali tranzistor deyiladi (a-rasm).
Tranzistorning emitter sohasidagi kovaklar konsentratsiyasi, bazadagi elektronlar konsentratsiyasiga nisbatan bir necha
marta katta qilib tayyorlanadi. Tranzistorning shartli belgisi (b-rasm)da keltirilgan.

Tranzistorning ishlashini qaraylik (rasm).


Emitter-baza oralig‘iga ulangan B1, batareya kuchlanishi to'g'ti p-n o'tishni hosil qiladi. Kollektor-baza oralig‘idagi B2, batareya teskari p-n o'tishni hosil qiladi. Unda kollektorda tok ganday hosil bo'ladi? Baza-emitter oralig‘iga qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida kovaklar bazaga kirib keladi, Bazaning qalinligi juda kichik bo'lganligi hamda unda elektronlar konsentratsiyasi kam bo'lganligidan kovaklarning juda kam qismi elektronlarga birikadi. Ko'pchilik kovaklar esa kollektor sohasiga o'tib qoladi.
Kollektorga B2,ning manfiy qutbi ulanganligidan kovaklar unga tortilib, kollektor tokini tashkil etadi. Emitter-baza zanjiridagi tok kuchi,emitter-kollektor yo‘nalishidagi tok kuchidan ancha kichik bo'ladi. Emitter-baza yo'nalishidagi tok kuchi o’zgarsa, emitter-kollektor yo'nalishida o'tayotgan tok kuchi ham o'zgaradi. Shunga ko'ra tranzistordan o'zgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda foydalaniladi.

Tranzistorni tayyorlashda baza sifatida p-turdagi yarimo‘tkazgich olinishi ham mumkin. Bu holda emitter va kollektor sohasi n-turdagi yarimo‘tkazgichdan tayyorlanadi. Bunday tranzistorni n-p-n strukturali tranzistor deyiladi. Bunday turdagi tranzistorlarning ishlash prinsipi p-n-p turdagi tranzistordan farq qilmaydi. Bu tranzistorda faqat tok yo‘nalishi kollektordan emitterga tomon bo‘ladi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling