Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik. Yarimo’tkazgichli asboblar(diod,tranzistor) va ularning texnikada qo’llanishi


Erkin elektronlarning ko’chishi tufayli yarim o’tkazgichda tok hosil bo’lishiga elektron o’tkazuvchanlik yoki qisqacha n-turdagi o’tkazuvchanlik (lotin.negativus-manfiy) deyiladi


Download 0.56 Mb.
bet2/5
Sana29.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1733166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yarimo’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchanlik

Erkin elektronlarning ko’chishi tufayli yarim o’tkazgichda tok hosil bo’lishiga elektron o’tkazuvchanlik yoki qisqacha n-turdagi o’tkazuvchanlik (lotin.negativus-manfiy) deyiladi.


Kovakli o‘tkazuchanlik. Kovalent bog'lanishda qatnashgan elektron chiqib ketgan joyda kovak hosil bo‘ladi, Neytral atomdan manfiy zaryadli elektron chiqib ketgan joy musbat zaryadga ega bo'ladi.
Bo‘sh kovakni kovalent bog‘lanishdagi boshqa elektron kelib berkitadi. Lekin endi kovak boshga joyda paydo bo‘ladi. Shunday qilib, elektronning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishida, kovaklarning ham nisbatan ko'chishi ro‘y beradi.
Elektr maydoni bo‘lmaganda elektronlarning va shunga mos kovaklarning ko‘chishi tartibsiz bo‘ladi. Elektr maydoni qo‘yilganda erkin elektronlar bir tomonga, kovaklar ikkinchi tomonga ko‘chadi.

Xuddi shunday yarim o‘tkazich boshida hosil bo‘lgan kovakka qo‘shni atomdan elektronning sakrab o‘tishida musbat zaryadli kovak o'tkazgichning oxiri tomon siljiydi(rasm). Bunday o‘tkazuvchanlikni yarimo‘tkazgichlarning kovakli o’tkazuvchanligi yoki qisqacha p-turdagi o‘tkazuvchanlik (lotin. positivus—musbat) deyiladi.


Sof yarimo‘tkazgichlarda erkin elektronlar va kovaklar soni kam
bo'lganligidan elektr o‘tkazish qobiliyati kichik bo‘ladi.

Aralashmali yarimo‘tkazgichlar: donorli aralashmalar. Endi sof yarimo‘tkazgichli kremniyga ozgina aralashma kiritaylik. Dastlab kremniy atomlari orasiga besh valentli mishyak (As) kiritaylik. Bunda kremniyning to‘rtta kovalent bog‘lanish hosil qiluvchi elektroni o’rnini mishyakning to‘rtta elektroni egallaydi Mishyakning beshinchi elektroni bo‘sh qolib, erkin elektronga aylanadi.(rasm-a).

Natijada erkin elektronlar soni kovaklar sonidan ortiq bo‘ladi. Yarimo‘tkazgichning solishtirma qarshiligi keskin kamayadi. Bunda qo‘shilgan mishyak atomlarining soni yarimo‘tkazgich atomlari sonining o‘n milliondan bir gismini tashkil etganda, erkin elektronlarning konsentratsiyasi (1 sm3 ga to‘g‘ri kelgan elektronlar soni) sof yarimo‘tkazgichnikiga nisbatan ming barobar katta bo‘ladi. Qo‘shilganda osongina elektronini beradigan aralashmalarni donorli aralashmalar deyiladi. Donorli aralashmalarda asosiy tok tashuvchi zarralar elektronlar bo‘lganligi uchun, ularni n-turdagi yarimo‘tkazgichlar deyiladi. Kovaklar bunday yarimo‘tkazgichlarda asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarga kiradi. Akseptorli aralashmalar. Sof yarimo‘tkazgichli kremniyga _ indiy moddasini aralashtiraylik. Indiy (In) uch valentli bo‘lganligidan, uning uchta elektroni kremniy atomi bilan kovalent bog‘lanish hosil qiladi. Bunda indiyning go‘shni atomlar bilan normal holdagi juft elektronli kovalent bog‘lanish hosil qilishi uchun bitta elektron yetmaydi. Natijada kovak hosil bo‘ladi. Kristallga qancha indiy atomi kiritilsa, shuncha kovak hosil bo‘ladi.(rasm-b). Bunday turdagi aralashmani akseptorli aralashmalar deyiladi. Yarimo‘tkazgich elektr maydoniga kiritilganda, kovaklar ko‘chishi ro‘y berib, kovakli o‘tkazuvchanlik hosil bo‘ladi. Asosiy tok tashuvchilari kovaklardan iborat bo‘lgan aralashmali yarimo‘tkazgichlarni p-turdagi yarimo‘tkazgichlar deyiladi. Bunday yarimo‘tkazgichlarda elektronlar asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar hisoblanadi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling