Berkituvchi kontakt
Berkituvchi kontaktda elektronlar kontsentratsiyasi kam bo’lganligi sababli o’tkazuvchanligi ham kichik bo’ladi, ya’ni qarshiligi katta bo’ladi. Yarimo’tkazgichda chiqish ishi metalldagiga qaragan katta bo’lsa, kontakt chegarasida harakatsiz manfiy zichligi vujudga keladi. Ya’ni chegarada teshiklarning kontsentratsiyasi hajmidagiga qaragan kam bo’lib berkituvchi kontakt hosil bo’ladi.
Metall bilan yarimo’tkazgich bir-birlari bilan bevosita kontaktlashtirilgan bo’lsa, kontakt potentsiallar ayrimasi metall va yarimo’tkazgichorasidagi tirqish bilan yarimo’tkazgich chegarasidagi berkituvchi yoki berkitmovchi kontaktda taqsimlanadi.
Endi sirt zaryad zichligiga ega bo’lgan yarimo’tkazgichni metall bilan kontaktlashtirsak, kontakt maydoni bilan sirtiy zaryad maydoni ko’chirilib, yagona elektr maydoni xosil kiladi. Yarimo’tkazgich sirtdagi zaryad manfiy bo’lib, metall sirtidagi zaryad xam manfiy bo’lsa, n— yarimo’tkazgichlarda potentsial to’siqning balandligi ortadi.
Lekin sirtiy zaryad zichligi r ga kamayadi. Agar metall sirti musbat zaryadlansa yarimo’tkazgich sirtidagi sirtiy zaryad zichligi ortadi. Yarimo’tkazgichdagi zaryad sirtiy zichligi 1616m-2 dan kam bo’lmasa, sirtidagi bu zaryadlarning o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan maydon metall kontiktidagi maydon bilan to’siq kompensatsiyalashadi va φ0 faqat yarimo’tkazgich sirtidagi zaryadlar orqali aniqlanib, metallardagi elektronlarning chiqish ishiga butunlay bog’liq bo’lmaydi.
Bunday holda kontakt maydoni yarimo’tkazgich ichkarisiga kirmay metall bilan yarimo’tkazgich tirqishidagina bo’ladi. Bunda berkituvchi qatlam sirt zaryadi
xosil qilgan maydonning yarimo’tkazgich ichkarisiga kirishi natijasida hosil bo’ladi.
4-rasm. Metall-yarimo’tkazgich kontaktidagi berkituvchi qatlam.
Do'stlaringiz bilan baham: |