1-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalar
2016- yil uchun Investitsiya dasturi doirasida quvvati 450 MVt bo’lgan ikki bug’gaz uskunalarini qurish bilan Tolimarjon IeSni kengaytirish , Angren IeS da quvvati 130-150 MVt bo’lgan energoblok qurilishi, sharqiy Byerdax va shimoliy Byerdax konini o’zlashtirish va obodonlashtirish, Jizzax viloyatida sement zavodini kengaytirish, Mis erituvchi zavodda yangi erituvchi qozon qurilishi, “OTMK” AJga tegishli Kalmaqir konida yaroqsiz rudalarni qayta ishlash, “Jiem O’zbekiston” AJda “T-250” modelidagi yyengil avtomobillarni qatorli ishlab chiqarishni tashkil etish, Angren-Pop elektrlashgan temiryo’l liniyasi qurilishi, “O’zbekiston xavo yo’llari” MAK xavo kemalari parkini birlashtirish va yangilash (ikki “Boing-787” samalyotini sotib olish), “Indorama Kokand Tekstil” MCHJ shaklidagi HKda yigiruv ishlab chiqarishini tashkil etish (IV bosqich), Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida “Fanteks” MChJda yigiruv ishlab chiqarishini tashkil etish, “Meylisoy” bulog’i qurilishi, TMZ-3da texnik suvlar uchun quvur va chuchuklantiruvchi qurilmalar qurilishi, “Jizzax plastmassa” AJda polietilen plenka va quvur ishlab chiqarishni tashkil etish, Jizzax EIZda shishatoladan issiqlik izolyatsiyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish, keng assortimentdagi elektroqurilmalar, elektrotexnik mahsulotlar ishlab chiqarishni tashktl etish va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnika, texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni oshirish orqali iqtisodiyot da tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni davom ettirish davlat ning tarkibiy-investitsiyaviy siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
3.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha harakatlar rejasi
Asosiy tayanchtushunchalar
Ishchi kuchi, tabiiy va moddiy resurslar, mehnatga layoqatlilik, energetika sektori, investitsion salohiyat, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ijtimoiy soha, ta’lim sohasi, xizmat ko‘rsatish sohalari, sog‘liqni saqlash sohasi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, aholi bandligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |