Yashil iqtisodiyot
Yer resurslari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari
Download 1.17 Mb.
|
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.
4.3. Yer resurslari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari.
Insoniyatning yer resurslari bilan ta`minlanganlik darajasi jahon yer resurslari bilan belgilanadi. Jahon yer resurslari 13,4 mlrd gektarni tashkil etadi. Ishlov beriladigan yerlar eng qimmatbaho yer hisoblanadi, bunday yerlar insoniyatga zarur bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini beradi.O`tloq va yaylov yerlarning ham ahamiyati katta. Ular insoniyat istemol qiladigan oziq- ovqatning 10 foizini beradi.Biroq sayyoramiz yer fondining tarkibi o`zgarib turadi. Yer fondi tarkibiga bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan ikki jarayon to`xtovsiz ta`sir ko`rsatadi. Bir tomondan insoniyat minglab yillar davomida yashash va qishloq xo`jaligida foydalanishga qulay bo`lgan yerlarni kengaytirish uchun zo`r berib kurashib keladi. Bunda qo`riq yerlarni katta ko`lamda o`zlashtirilganligi jihatidan Rossiya, Qozog`iston, AQSH, Kanada, Xitoy, Braziliya alohida ajralib turadi. Lekin yeri kichik, aholisi zich o`rnashgan mamlakatlar dengizlarning qirg`oq bo`yi qismlarini jadal o`zlashtiryapti. Ikkinchi tomondan yerlar to`xtovsiz oriqlab boryapti. Yerlarning botqoqlanishi va sho`r bosishi natijasida 1,5 mln gektar yer ishdan chiqyapti. Shaharlar o`sib borgan sari turar joy, sanoat va transport qurilishlari ham qishloq xo`jaligi yerlariga tobora jadal kirib bormoqda. Jahonning qurg`oqchil o`lkalarida sodir bo`layotgan cho`llashish jarayoni qishloq xo`jaligi yerlarini kamaytirib boryapti. Cho`llashish hozirning o`zidayoq 900 mln gektarni “yutib” yubordi. Va yana o`nlab, mamlakatlarda xavf solyapti. Sahroi Kabir, Atakama, Namib va boshqa cho`llar kengayib boryapti. Olimlarning hisoblariga qaraganda, kelgusi 30 yil davomida G`arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerlari ishdan chiqayapdi. Bu jarayonlar natijasida yerga tushayotgan tazyiq to`xtovsiz ortib boryapti, yer resurslari bilan taominlanganlik darajasi esa kamib ketayapti. Noosfera - aql zakovati sferasi odamlarning xo`jalik faoliyati geografik muhitga tabiatning o`zida ro`y beruvchi geologik jarayonlardan kam ta`sir ko`rsatyapti, deb yozgan edi Vernadskiy (1863-1905). O`shandan beri jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi “moda almashinuvi” ko`plab marta o`sib, global miqyoslarga yetdi, biroq tabiatni “zabt etar” ekanlar, odamlar o`z hayot faoliyatlarining asosiga juda katta zarar yetkazdilar. Atrof-muhit holati yomonlashdi. Bu holatni tasvirlab fransuz okeanshunosi Jak Iv Kusto “ilgari tabiat insonni qo`rqitar edi, endi inson tabiatni qo`rqitmoqda” deb yozgan edi. Yer yuzining qancha mamlakat va rayonlarida ekologik vaziyat juda taranglashib ketib ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko`p davlatlar o`z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling