Yashil iqtisodiyot


II. Ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi


Download 1.17 Mb.
bet15/31
Sana14.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1267416
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.

II. Ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi



6. Aholining madaniy darajasi

6.1. Aholining ma’lumot darajasi.
6.2. Nashr etilayotgan kitob va risolalar hajmi.
6.3. Chiqarilayotgan jurnallar va boshqa davriy nashrlar hajmi.
6.4. Aholining televizorlar bilan ta’minlanganligi va hokazolar.

III. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish



7. Mehnat Sharoitlari

7.1. Sanoatda ish vaqti nobudgarchiligi (o‘rta hisobda bir ishchi hisobiga, kun).
7.2. Xodimlarning mehnat Sharoitini o‘zgartirish (og‘ir jismoniy mehnat bilan band bo‘lganlar va hokazo).
7.3. Ishlab chiqarishda shikastlanish (bir ish kuni va bundan ko‘proq ish kuni hisobiga baxsiz hodisalarda shikastlangan va mehnat qobiliyatini yo‘qotganlar hamda 1000 nafar ishlaydigan odam hisobiga shikastlanishi o‘lim bilan tugallanganlir soni) vahokazolar.

8. Dam olish sharoitlari

8.1. Yozgi oromgohlarda dam olgan bolalar soni vahokazolar.

9. Ijtimoiy ta’minot

9.1. Pensiyalar va o‘rtacha ish haqi va uning eng kam miqdorlari bo‘yicha nisbat.
9.2. Bolalarga atalgan nafaqalarning o‘rtacha miqdorlari va ularning yashashiga loyiq minimum nisbati.
9.3. Pensiyalar miqdori va tirikchilik minimumi nisbati va hokazolar.

10. Ijtimoiy-maishiy vaziyat

10.1. Ishsizlarning umumiy soni.
10.2. Baxsiz hodisalar, zaxarlanish va shikastlanishlar, qotilliklar va hokazolar oqibatidagi o‘lim.
10.3. Ish tashlashlar (ish vaqti nobudagarchiligi kishi-kunlari miqdori, qatnashchilar soni).
10.4. Ruyxatga olingan jinoyatlar soni.
10.5. Ifloslangan oqar suvlarning chiqarib tashlanish hajmi.
10.6. Havoga ifloslangan moddalar chiqarib tashlanishi va hokazolar.

11. Daromadlar va sarf-xarajatlar

11.1. Aholining pul daromadlari, jumladan, ularning turlari buyicha.
11.2. Aholining pul sarf-xarajatlari, jumladan, ularning turlari buyicha.
11.3. Ish bilan band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi, jumladan, tarmoqlar, mintaqalar va kasblar buyicha uning tabaqalanishi.
11.4. Aholining omonatlardagi jamg‘armalari va uning ko‘payishi va hokazolar.

Yuqorida keltirilgan turmush darajasi konsepsiyasi inson faoliyatining alohida qirralarini xarakterlaydi. Ta’kidlab o‘tilganidek, barcha klassifikatsiyalar o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Ular bir-birini to‘ldiradi, ammo kompleks baholash uchun integral ko‘rsatkichlar tizimi zarur. Hozirda asosi turlicha bo‘lgan turmush darajasi konsepsiyalarini aholining turmush darajasini (sifatini) har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko‘rsatkichga keltirish bo‘yicha samarali usul yo‘q, biroq olimlar shunday usullarni ishlab chiqish bo‘yicha jiddiy ish olib bormoqdalar.


Sho‘rolar davri amaliyotida integral o‘lchov sifatida jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha haqiqiy daromad ko‘rsatkichidan foydalanilardi. Uni oshirishning asosiy shakllari quyidagilar: haqiqiy ish haqining o‘sishi (pul shaklidagi ish haqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshirish, narxlarni tushirish, soliqlar, majburiy ajratmalarni kamaytirish), ijtimoiy iste’mol jamg‘armalaridan to‘lanadigan to‘lovlarni (ijtimoiy transfertlarni) oshirish va boshqalar.
“Haqiqiy daromadlar” ko‘rsatkichida pul daromadlaridan tashqari natural daromadlarning qiymati, muassasalarning ijtimoiy soha uchun moddiy xarajatlari ko‘rinishidagi daromadlar, aholining qimmatbaho qog‘ozlari, jamg‘armalari ham hisobga olinadi. Aholining haqiqiy daromadlari indeksi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar dinamikasini, moddiy ne’matlar, xizmatlar, tariflar baholarining, soliqlar va majburiy ajratmalarning o‘zgarishini hisobga olgan holda ifodalayadi.
Keyingi yillarda yangi – «ixtiyordagi haqiqiy daromad» (soliqlar va majburiy ajratmalar chiqarib tashlanib, inflyasiya sur’atlarini hisobga olgan holdagi pul daromadlari) ishlatilmoqda.
Bu ikki ko‘rsatkichning farqi haqiqiy ixtiyordagi daromad – miqdor ko‘rsatkichi, jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha haqiqiy daromad esa aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning o‘rtacha miqdori ekanidan tashqari, ularni hisoblash metodikasi ham turlicha.
Aholining turmush darajasini ifodalash uchun jahondagi turli mamlakatlarda turlicha mezonlar qo‘llaniladi. Ular orasida minimal iste’mol byudjeti, kambag‘alchilik, mutloq va nisbiy kambag‘alchilik ko‘rsatkichlari keng foydalaniladi.
Minimal iste’mol byudjeti – Shaxsning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy ehtiyojlar iste’molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymati.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling