Yashil iqtisodiyot
Kambag‘allik ko‘rsatkichi
Download 1.17 Mb.
|
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy kambag‘allik konsepsiyasi
- Kambag‘allikning subyektiv konsepsiyasi
- Mutlaq qashshoqlik
Kambag‘allik ko‘rsatkichi aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biridir. Jahon amaliyotida kambag‘allik darajasini ta’riflashga yondashishda uchta asosiy konsepsiya: mutlaq, nisbiy va subyektiv kambag‘allik konsepsiyasidan foydalaniladi.
Mutlaq kambag‘allik konsepsiyasi shaxs yoki oqilona minimal hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan daromadni ta’riflashga asoslanadi. O‘zbekistonda insonning minimal ehtiyojlarini ta’riflash uchun shunday tirikchilik minimumi belgilanganki, uni hisoblab chiqishda kaloriyalar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar zaruriy iste’molining fiziologik me’yorlaridan foydalaniladi. Nisbiy kambag‘allik konsepsiyasi asosiy mezon sifatida insonning minimal ehtiyojlaridan emas, balki uning farovonligi ko‘rsatkichlarining u yoki bu mamlakatda ustunroq keluvchi moddiy ta’minlanganlik darajasi bilan bo‘ladigan nisbatidan foydalanadi. Bunday yondashishda daromadlari mamlakat bo‘yicha o‘rtacha daromadning muayyan ulushidan oshmaydiganlar kambag‘al hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda chet eldagi tadqiqotlarda nisbiy kambag‘allikni ta’riflashning boshqa uslubiyatidan ham keng foydalanilmoqda, u insonning boshdan kechirayotgan, umumqabul qilingan turmush tarzi olib borish imkonini bermaydigan etishmovchiliklar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Kambag‘allikning subyektiv konsepsiyasi ijtimoiy maqbul turmush darajasi uchun zarur bo‘lgan resurslarni subyektiv ta’riflashga asoslangan. Konsepsiyalardagi farqlardan tashqari, kambag‘allik miqyoslarini ta’riflashga uy xo‘jaliklari tavsifini tanlash ham ta’sir etadi, u kambag‘allikni baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkich bilan taqqoslanadi. Amaliyotda uy xo‘jaliklarining quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi: -uy xo‘jaliklarining pul daromadlari; -uy xo‘jaliklarining pul sarf-xarajatlari; -uy xo‘jaliklari tasarrufidagi moddiy resurslar ko‘rsatkichlari. O‘zbekistonda kambag‘allikni ta’riflash, kambag‘allik darajasini baholashda o‘rta hisobda bir oydagi pul daromadlari ko‘rsatkichidan foydalaniladigan tarzda kambag‘allik chegarasini tirikchilik minimumi darajasida belgilaydigan mutlaq konsepsiyaga asoslanadi. Tirikchilik minimumi inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’molining minimal darajasi ko‘rsatkichidir. Tirikchilik minimumi o‘rta hisobda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qiymat tarzida va umuman O‘zbekiston Respublikasi buyicha, uning tarkibiga kiruvchi subyektlardagi asosiy ijtimoiy demografik guruhlar bo‘yicha, shu jumladan, alohida shaharlar va ma’muriy-hududiy birlashmalar bo‘yicha belgilanishi mumkin. Tirikchilik minimumining qiymatini belgilash negizini ilmiy asosda ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlari tabiiy turlari o‘lchamlari tashkil etadi, ular aholi ayrim ijtimoiy-iqtisodiy guruhlari uchun minimal iste’mol me’yorlari buyicha tabaqalashtirib berilgan hamda iste’mol qilinadigan moddalarning kaloriyaliligi va kimyoviy tarkibi bo‘yicha uvozanatlashtirilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli me’yorlarini asoslashda turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarni hisobga olish maqsadida respublika hududi amaldagi uslubiy tavsiyalarga muvofiq bir necha zonaga ajratilgan. Zonal taqsimotga muvofiq yiliga o‘rta hisobda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari turlari ma’lum miqdorlar doirasida belgilab chiqilgan. Hududiy zonalar bo‘yicha oziq-ovqat turlarining quvvat bera olishi sutkasiga 2204 kkal.dan 2607 kkal.gachani tashkil etadi. Tirikchilik minimumi byudjetida iste’mol me’yorlari faqat oziq-ovqat mahsulotlariga belgilangan, tovarlar va barcha turdagi xizmatlar qiymati 31,7 foiz miqdorida belgilangan. Tirikchilik minimumi byudjeti strukturasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Uslubiyati asosida hisoblab chiqiladi. Hozirgi vaqtda qonunchilikdagi tirikchilik minimumiga doir talablarga muvofiq umuman O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiruvchi subyektlardagi aholi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari uchun iste’mol savatini belgilash bo‘yicha yangi Uslubiy tavsiyalar loyihasi ishlab chiqilmoqda. Qonunchilik talablariga muvofiq uslubiy tavsiyalarga quyidagilar kirishi kerak: umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiruvchi subyektlardagi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar uchun, inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar minimal turlarini shakllantirish prinsiplari va tartibi; 2) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi subyektlar tomonidan iste’mol savatini belgilashda issiq yoki sovuq tabiiy-iqlim sharoitlarini, aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar iste’mol qilishidagi milliy an’analar va mahalliy xususiyatlarni hisobga olishga asosiy yondashuvlar; 3) umuman O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiruvchi subyektlardagi asosiy ijtimoiy-demografik guruhlar uchun, inson salomatligini saqlash va uning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning namunaviy minimal turlari. Belgilanishi uslubiy tavsiyalar asosida amalga oshiriladigan iste’mol savati qonunchilikka muvofiq kamida besh yilda bir marta belgilanadi. Tirikchilik minimumini hisoblab chiqishga oid yangi Uslubiy tavsiyalar loyihasida ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha amaldagi tavsiyalarga nisbatan yuqoriroq iste’mol me’yorlari belgilangan. Bundan tashqari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar bo‘yicha iste’mol me’yorlari ham belgilangan. Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik ko‘rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik - daromadlarning umuman yo‘qligi yoki shaxsning (oilaning) minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadning yo‘qligidir. Mutlaq qashshoqlik ko‘proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling