Yashil iqtisodiyot


Download 1.17 Mb.
bet17/31
Sana14.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1267416
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
QITU UUM Iqtisodiy rivojlanish.

Nisbiy qashshoqlikni O‘zbekiston sharoitida yashash minimumi byudjetidan kam bo‘lgan daromadlar miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘rtacha daromadlarning 40-60 foizidan kam bo‘lgan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida integral ko‘rsatkich sifatida insonning rivojlanish indeksi (IRI) qo‘llaniladi. «BMT taraqqiyot dasturlari» (BMTTD) mualliflari jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, kutilayotgan umr ko‘rish davri va aholining ma’lumot darajasi kabi kattaliklarning o‘rtachasini hisoblab turmush darajasining umumlashtiruvchi indikatorini ishlab chiqdilar.
IRI integral ko‘rsatkich bo‘lib, u:
1) kutilayotgan umr uzoqligini;
2) aholining savodliligi foizi hamda 25 va undan yuqori yoshdagilarning o‘qiganlik yillari o‘rtacha miqdori bo‘yicha aniqlanadigan aholining ma’lumot darajasini;
3) muayyan yilda birjadagi kurs emas, balki tegishli mamlakatlar valyutalarining xarid qobiliyati bo‘yicha AQSH dollarida hisoblab chiqiladigan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 117-sonli «Iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlari va me’yorlari to‘g‘risida»gi Konvensiyasiga muvofiq maqbul turmush darajasini saqlab borish maqsadida davlatlar oziq-ovqat bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, salomatlik, uy-joy qurish, mehnat Sharoitlari, yollanma xodimlar va mustaqil ishlab chiqaruvchilarni taqdirlash, ijtimoiy ta’minot kabi sohalarda taraqqiyotga ko‘maklashish uchun iloji boricha chora-tadbirlar ko‘rishlari lozim.
Aholining quyidagi to‘rtta turmush darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-to‘q turmush darajasi – insonning har tomonlama kamol topishini ta’minlaydigan ne’matlardan foydalanish;
-normal daraja – insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to‘la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydigan ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha oqilona iste’mol qilish;
-kambag‘allik – mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne’matlarni iste’mol qilish;

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling