Yashnobod tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limida 2022 yil yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘gʼrisida
MA’LUMOT
Yashnobod tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi bo‘limi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Tuman bo‘limining 2022 yili uchun mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida “O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘gʼrisida”gi Qonunining mazmun moxiyati yuzasidan tuman bo‘limi va quyi tizim tashkilotlaridagi ijrosi muntazam ravishda yigʼilishlarda muxokama etilib, mazkur yo‘nalishdagi yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish va Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib kelinmoqda.
Hisobot davrida Yashnobod tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limiga 2022 yil yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 206 ta murojaatlar kelib tushgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar soni 192 tani tashkil etgan bo‘lib, ulardan 134 tasi qanoatlantirilgan, 54 tasiga tushuntirishlar berilgan, 4tasi o‘rganish jarayonida.
Tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning ogʼzaki, yozma va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual hamda xalq qabulxonlari orqali kelib tushgan murojaatlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘gʼrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida nazoratga olingan.
Har bir murojaatni murojaat muallifi ishtirokida ko‘rib chiqilishi, suhbat davomida aniq tushuntirishlar va tavsiyalar berilishi yo‘lga qo‘yilib, mazkur talablarni to‘liq ijro etilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizim faoliyati borasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish hamda fuqarolarga imkon qadar keng qulayliklar yaratish maqsadida bo ‘limda fuqarolarni murojaatlari bilan ishlash yuzasidan xona ajratilgan hamda kirish qismida ishonch telefonlari yozilgan peshlavha mavjud, MTB mudiri va tegishliligi yuzasidan mutaxassislarning ham telefon raqamlari ilingan. Barcha DMTTlarda ham MTV, TShMTBB va MTB ishonch telefonlari ota-onalarga ko‘rinadigan joylarda ilingan va ishonch telefonlari tunu kun faoliyat yuritdi.
Tuman bo‘limi mudiri: V.J.Akramova
Toshkent shahar YAshnobod tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga 2022 yil yil davomida kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida
Do'stlaringiz bilan baham: |