Yassi chuvalchanglar tipi


Download 187.5 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1278748
  1   2   3   4
Bog'liq
Yassi chuvalchanglar tipi


Yassi chuvalchanglar tasnifi


Rеja:
Kirish
ASOSIY QISM
1. Tipning umumiy tavsifi va sistеmatikasi.
2.Kipriklilar sinfi, tavsiyasi, sistеmatikasi va morfofiziologik xaraktеristikasi.
3.So’rgichlilar sinfi, tavsifi, sistеmatikasi, muhim vakillarning bioekologiyasi.
4.Lеntasimon chuvalchanglar sinfi, tavsifi, muhim vakillari va ularning patogеn ahamiyati.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pogʻonasi boʻlmaydigan hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni 19-a. boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan boʻlib, sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning hamma vakillarida umurtqa boʻlmaydi. Hozir "U." termini faqat hayvonlarni umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va oʻquv qoʻllanmalarida ishlatiladi. U.ning taksonomik guruxlari uzilkesil hal etilmagan. Ularga bir qujayralilarning 5—7 tipi, plastinkalilar, gʻovaktanlilar, taroqlilar, barcha chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar (hammasi boʻlib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi. Lekin bir qancha taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir qujayralilar, chuvalchanglar) aniq belgilanmagan. U.ning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi maʼlum. Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.


U. chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit (q. Parazitizm). U. tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan U. baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va b. skeletidan iborat). KoʻpchilikU. yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va b.). U. hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va b.), shuningdek, U..dan q.x.da ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali U. bilan birga, q.x. zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi



Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling