Yaxshi uyqu tetiklikning asosidir


Download 181.05 Kb.
bet1/24
Sana29.12.2022
Hajmi181.05 Kb.
#1071989
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
ashiq shinig\'iw


Hissiy va kayfiyat bilan bog‘liq muammolarning sababi turli omillarga bog‘liq. Organizmning biokimyosi odamlarga turli xil his-tuyg'ularni beradi va unga ham turli omillar ta’sir qiladi: insonning fikrlari, uning turmush tarzi, ovqatlanishi, surunkali kasalliklar, mineral va vitamin yetishmasligi. Shuning uchun organizmdagi o‘zgarishlarning hech birini e’tiborsiz qoldirmaslik zarur.
Yaxshi uyqu tetiklikning asosidir
Albatta, uyqu sifatini kuzatish kerak, chunki u normal holatning asosidir. Kechki soat 23:00 dan oldin yotishga harakat qilish va kamida sakkiz soat uxlash lozim. Agar uxlashda muammolar paydo bo‘lsa, organizmning melatonin ishlab chiqarishiga yordam beradigan tabiiy efir moylari, giyoh, choylardan foydalanish mumkin. Misol uchun, yalpiz, limon balzam va moychechakli choydan ichish, lavanda va efir moylarini suyultirib, teriga surtish ham foydalidir.
Yaxshi kayfiyat bilan ta’minlovchi vitaminlar
Temir — o‘zingizni charchagan va befarq his qilasizmi? Gemoglobin va ferritin uchun tekshiruvlardan o‘tish tavsiya etiladi. Ko‘pincha charchoq va yomon kayfiyatning sababi organizmdagi ushbu elementlarning kamayishi hisobiga yuzaga keladi.
D vitamini — sayyoramizdagi aksariyat odamlar ushbu vitamin yetishmasligi bilan yashaydi, ayniqsa dunyoning butun yil davomida quyosh nur sochmaydigan qismida. Ammo buni ishonch bilan “yaxshi kayfiyat vitamini” deb atash mumkin, u charchoq va holsizlikni yengishga yordam beradi. Tekshiruvlardan o‘tib, organizm uchun D vitaminining qancha miqdorda kerakligini bilish va shifokor ko‘rsatmasi bilan uni qabul qilish mumkin.
Magniy — aqliy va asab tizimining salomatligi uchun yana bir juda muhim elementdir. Shuning uchun ham dengiz tuzi hamda magniyli vannalar tavsiya etiladi, chunki magniy teri orqali bioqo‘shimchaga qaraganda yaxshiroq so‘riladi. Retsept oddiy — haftasiga 2-3 marta hammomga 1-2 stakan magniy qo‘shish mumkin. Bundan tashqari, stressga qarshi efir moyidan ham foydalanish tavsiya etiladi.

Download 181.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling