Ybibdo’ B. Inamov 2023-yil Mavzu: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini o’rganamiz


Download 32.94 Kb.
bet2/4
Sana03.04.2023
Hajmi32.94 Kb.
#1322796
1   2   3   4
Bog'liq
manaviyat

Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:

  • Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosarlari

  • Vazirlar

  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalarining raislari

  • Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.

Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Bosh vazir:

  • Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;

  • Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining aʼzolari:

  • oʻzlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;

  • Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;

  • Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish haqida takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ishlab chiqishda tashabbus koʻrsatishlari mumkin;

  • Korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda boshqa pul toʻlanadigan lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emaslar.

Vazirlar Mahkamasi yangidan saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini topshiradi.
Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to'g'risida yagona nizomga o'zgartirish kiritish haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, №29, Qabul qilingan sana 26.01.2023, Kuchga kirish sanasi 26.01.2023
Toshkent shahri aholisini qo'shimcha issiqlik va elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish bo'yicha tezkor chora-tadbirlar to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, №23, Qabul qilingan sana 20.01.2023, Kuchga kirish sanasi 21.01.2023
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari huzuridagi «To'maris izdoshlari» jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, №21, Qabul qilingan sana 19.01.2023, Kuchga kirish sanasi 20.01.
Yaponiya banklari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyalashtirish tartibi o'zgarishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 9 sentyabrdagi 547-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, №18, Qabul qilingan sana 16.01.2023, Kuchga kirish sanasi 18.01.2023
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolari ko'p bo'lgan hududlarning qiyofasi va infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha ishlarning samaradorligi oshirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, №17, Qabul qilingan sana 16.01.2023, Kuchga kirish sanasi 17.01.2023

Download 32.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling