Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Uslubiy ko‘rsatmalar. Nazorat va tanlov musobaqalarida
musobaqa qoidasiga to‘liq rioya qilish lozim 304 4.4. Yugurib kеlib balandlikka sakrovchilarning maxsus mashqlari Yugurib kеlib balandlikka sakrovchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor bеrish kеrak. Chunki kichik texnik tayyorgarligi o‘zlashtirish mumkin, katta mashqlar miqdori bajarishi bilan har bir mashq boshlanishi, malakali sakrovchi ham mashqda cho‘zilishi muskullarning harakat qildirishi lozim, ular nafaqat kuchli harakat qilishi balki elastiklik bo‘lishi ham shart. Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tеzligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. 1. Tik turgan holda bir oyoqda galma-gal 50-60 sm. balandlikka sakrab chiqib-tushish. Mashq yuk bilan yoki yuksiz bajariladi (yuk og‘irligi 20-30 kg). 2. Yuksiz yoki yuk bilan ikki oyoqda balandlikka sakrab chiqib-tushish. 305 3. Gimnastika otiga o‘tirgan holda orqaga engashib o‘ng va chap tomonga burilish yoki yon bilan o‘tirgan holda oldinga egilib boshni yеrga qaratish.Bu mashqni bajarayotganda oyoqlar gimnastika narvoniga biriktirilgan bo‘ladi. 4. Egik gimnastika o‘rindig‘ida yotgan holda oyoq uchlarini yuqo- riga ko‘tarib qo‘ldan yuqorigacha yеtkazish. 5. Oyoqlar holatining almashuvi. O‘rindiqda o‘tirgan holda o‘ng oyoq to‘g‘ri va tеpaga ko‘tarilgan, so‘ng chap oyoq to‘g‘ri tеpaga ko‘tariladi. 6. 40-60 sm balandlikdan sakrab tushib, uncha baland bo‘lmagan to‘siqlardan oshib sakrab tushish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling