Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar
- V BOB. LANGARCHO‘P BILAN SAKRASH 5.1. Langarcho‘p bilan sakrashning rivojlanishi
Tayanch iboralar.
1. Depsinish 2. Uchish 3. Yerga tushish 309 4. Depsinish tezligi 5. Gorizontal tezlik 6. Vertikal tezlik 7. Sapchish 8. Usul va usullar 9. Sakrash fazalari 10. Fazani bajarish usullari 11. Fazani bajarish vazifalari 12. To‘lqin 13. Hatlab o‘tish 14. Oshirib tashlash 15. Fosbyuri – flop O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar: 1. Balandlikka sakrashning sport turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan? 2. Balandlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarni kim boshqaradi? 3. Balandlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam bo‘ladi? 4. Balandlikka sakrashni oxirgi qadamlari qanday bajariladi? 5. Agar, sakrovchi sportchi qanday ko‘rinishdagi harakatlarni amalga oshirsa, u holatda sakrashga urinish hisobga olinmaydi: 6. Yugurish tezligi qanaqa bo‘ladi? 7. Depsinishda UOM qanaqa holatda bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi? 8. Balandlikka sakrash uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi? 9. Balandlikka sakrash tezligi qanday bo‘lishi kerak? 10. Balandlikka sakrashuchun necha metr masofadan yugurib kelish kerak? 11. Erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrashbo‘yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli? 10. Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli? 11. Balandlikka sakrash shartli ravishda nechta asosiy tuzilmaviy fazalarga bo‘linadi? 310 V BOB. LANGARCHO‘P BILAN SAKRASH 5.1. Langarcho‘p bilan sakrashning rivojlanishi Langarcho‘p bilan balandlikka sakrash sport mashqlari sifatida birinchi marta Angliyada, 1866-yilda o‘tkazilgan mamlakat chempionatida musobaqalar tarkibidan joy egallagan bo‘lib, bunda dastlabki g‘olib sifatida D.Uiler qayd qilingan va u 3,07 metr natija ko‘rsatgan. Bu vaqtda sport anjomi (snaryad) sifatida qattiq va og‘ir daraxt (qora qayin, shumtol, gikori) yog‘ochidan sakrash tayog‘i yasalgan. Bu anjomga va sakrash texnikasiga belgilangan maxsus talablar mavjud bo‘lmagan. Shu sababli, ayrim sportchilar tayanib sakrash uchun tayoqning uchki qismiga uch oyoqli metaldan yasalgan tirgak o‘rnatib olishgan. Yugurib borgan sportchi tayoqning uchki qismida joylashgan uch oyoqchali tirgakni planka oldida yerga qadagan holatda qo‘llari yordamida mahkam ushlagan holatda, arqondan sakrash ko‘rinishida plankadan oshib o‘tishni amalga oshirgan. Keyinchalik oyoqlarni ko‘targan holatda, tayoqqa tiralib, plankadan oshib o‘tish amalga oshirilgan. 1889-yilda birinchi marta langarcho‘p bilan sakrash musobaqalari tartibi ishlab chiqilgan bunda o‘zgartirishlar kiritilgan, jumladan tayoqni qo‘llar yordamida quchoqlab ushlash ta’qiqlangan. Tayoqchani tirash uchun maxsus qutilardan foydalanilgan. Bu o‘zgartirishlar yugurish uzunligi masofasi va tezligini oshirishga olib kelgan. Og‘ir va foydalanishga noqulay bo‘lgan sarkash tayoqlari o‘rniga yengil, elastik holatdagi bambuk yog‘ochidan ishlangan tayoqlardan foydalanish belgilangan. Sakrash texnikasiga kiritilgan o‘zgartirishlar natijalarning tezlik bilan o‘sishiga olib kelgan. Jumladan, 1912-yildayoq M.Rayt (AQSh) tomonidan 4 metrlik balandlik zabt etilgan. Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan langarcho‘p bilan balandlikka sakrashda erishilgan maksimal qiymat 4,77 metrni tashkil qiladi (K.Uormyerdam, AQSh, 1942-yil). Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan tayoqlar mustahkamligi bilan alohida darajada ajralib turmagan, ko‘pincha holatlarda sinib ketgan, namlik va harorat o‘zgarishlariga yomon holatda reaksiya ko‘rsatgan. 311 Bambuk yog‘ochidan tayyorlangan tayoqlar 1945-yilgacha muso- baqalarda foydalanilgan. Metaldan yasalgan tayoqlar nisbatan mustahkam va ishonchli bo‘lsada, biroq elastiklik xususiyati kamligi sababli natijalarning sezilarli qiymatda o‘sishiga olib kelmagan. Faqatgina, 15-yil o‘tganidan keyingina amerikalik sportchi R.Gutovski oldin erishilgan natijani 1 sm ga yaxshilashga muvafaq bo‘lgan. 1960-yilda Rim shahrida o‘tkazilgan XVII Olimpiada musoba- qalarida Amerikalik sportchi D.Breggu o‘z vatandoshi tomonidan o‘r- na tilgan dunyo rekordini yaxshilashga muvafaq bo‘lgan (4,80 metr). 53-rasm Langarcho‘p bilan sakrashning evalyutsion o‘zgarishi Albatta, bunda elastik xususiyatga ega bo‘lgan sintetik tayoqlar yaratilmaganda balandlikka sakrash bo‘yicha dunyo miqyosidagi olg‘a ketishlar tempini tasavvur qilish qiyin bo‘lar edi. 1963-yilda tomonidan bu ko‘rinishda yaratilgan langarcho‘p bilan besh metrlik balandlik zabt etilgan. Yangi yaratilgan sakrash tayog‘i ichi bo‘sh quvur shakliga ega bo‘lib, «fiberglas» sintetik materialidan (alyuminiy va po‘latdan mustahkam hisoblangan, epoksid smola bilan biriktirilgan shishatola) yasalgan, uzunligi 5 metr, og‘irligi qiymati 4 – 5 kg ga teng hisoblanadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling