Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Depsinish. Bu faza depsinuvchi oyoqni depishning joyiga qo‘y-
gandan so‘ng uning uzilishigacha bo‘lgan davrgacha bo‘ladi. Langar-
cho‘p bilan sakrashda depsinish boshqa sakrash turlaridan farqliroq 
qo‘lni silkinch harakatlarisiz bajariladi, chunki langarcho‘p oldinga 
va yuqoriga o‘zatilgan bo‘lib, sakrovchi xuddi langarcho‘pga depsin-
gandan uni egilishiga majbur etadi (56-rasm).
Depsinish vaqtida sakrovchi tezligini yo‘latmasdan yig‘ilgan 
gorizontal tellikni vertikalga o‘tkazishi lozimdir. Sakrovchi yugurib 
kelishda oyog‘ini uchidan boshlab yerga qo‘yib yuguradi, oxirgi ikki 
qadamda oyoq tagini to‘la yerga qo‘yadi. Yugurib kelish oxirida qadam 
uzunligi keskin o‘zgarmasligi kerak. Qadamlar ritma va ularning 
bajarilish texnikasini uzunlikka sakrashdagiga o‘xshashdir, bunda 
qo‘l harakatlarigina boshqacha bo‘ladi. Langarcho‘p tirashining oxiri 
va depsinishning boshida langar mumkin qadar yuqori ko‘tarilishi 
kerak. Sakrovchi langarcho‘pni hali yerda turib depsinayotganda 
ega boshlashi kerak. Buning uchun langarcho‘pning yuqori qismini 
to‘g‘irlangan (o‘ng) qo‘lda mahkam ushlab, butun yugurib kelish 
kuchini chap qo‘l vositasida oldingi siljitish va langarcho‘pni egishga 
yo‘naltirish kerak. Taxminan to‘g‘ri burak darajasida burilgan chap 
qo‘lini langarga tirab, sakravchi bor kuchini og‘ib turgan langarga 
perpendikulyar, ya’ni oldinlatib yuqoriga yo‘naltiradi. Shu vaqt 


315
chap qo‘lni yozib yuborish mumkin emas, unga butun gavdani olg‘a 
yo‘naltirib faqat tayanib turilsa bas.
56-rasm. Langarcho‘p bilan sakrashda depsinish 
va osilish ketma-ketligi
Chap qo‘l langarcho‘pni oldinga-yuqoriga yo‘naltirilayotganida, 
o‘ng qo‘l langarcho‘pning yuqorigi uching ushlab qoladi. Bunday 
usul depsinish vaqtidayoq langarcho‘pni egishga yordam beradi. Va 
shundan so‘ng sakrovchi yerdan depsinib langarcho‘pga oshishga 
o‘tadi. Bunda depsinuvchi oyoqni yerga qo‘yishdagi burchagi 
taxminan 60-63
o
ni tashkil etadi, depsinish burchagi esa 75-78
o
ni 
tashkil etadi. Depsinishning boshida tayanch kuchi vertikal bo‘yicha 
yuqori darajaga ya’ni 600 kg da bo‘ladi, gorizontal bo‘yicha esa 200 kg 
ni tashkil etadi, lekin depsingandan so‘ng bu kuchlanishlar 2-3 marta 
kamayadi. Langarcho‘pni tayanch holatiga keltirgandagi gorizontal 
kuchni urilishi 300 dan 350 kg gacha bo‘ladi. Bularning hammasi 
langarcho‘p bilan sakrovchilarni kuchini rivojlantirish bo‘yicha 
tayyorgarligiga katta talab qo‘yilishini ko‘rsatadi. Depsinishdan 
so‘ng sakrashni tayanch qismi boshlanadi, bunda qo‘ydagicha bo‘lish 
mumkin: osilish, siltanish, tanani bukish, tortishish va yuqoriga 
ko‘tarishlarga.
Depsinishdan so‘ng sakrovchi langarcho‘pga osilishga o‘tadi. 
Osilish sakrovchi yerdan uzilgandan to gavdani cho‘pdan uzoqlashtirish 
boshlanguncha davom etadi. Osilish fazasi qisqa vaqt (taxminan 0,11-
0,12 sek) davom etadi.
Langarcho‘pga osilishdan asosiy maqsad – gavdani yuqoriga 
uchun yetarli tezlikka “Sakrovchi langar” tizimi vositasida ortishidir. 
Bu, elastik langarcho‘p bilan sakraganda, asosan cho‘pning og‘irligini 


316
davom ettirib, sakrovchi UOM dan tayanch nuqtasigacha bo‘lgan 
radiusni kamaytirish bilan bajariladi. Bunda sakrovchining UOM 
ma’lum darajada
pastroqda
(langarcho‘pni ushlash nuqtasiga nisbatan) 
bo‘lgani yordam beradi. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling