Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
58-rasm. Langarcho‘p bilan sakrashda oxirgi fazalar:
a – gavdaning egilishi va burilish bilan tortilish; b – tortilish va planka ustidan o‘tish Sakrovchi osilish vaqtida ko‘krak va ayniqsa tos bilan siljishga faol harakat qiladi. Sakrovchi osilishning boshida gavdani gap oyoqqa nisbatan oldinga, chiqaradida, ko‘proq ko‘krak kerib, gavdani oldingi qismidagi mushaklarini cho‘zadi (bu oyoqlarni ko‘tarayotganda, ana shu mushaklar qisqarishi tezlanishiga yordam beradi). Depsinish vaqtida ko‘tarilgan o‘ng (silkinch) oyoq pastga erkin tushiriladi. Osilish vaqtida oyoqlarni orqaga “tashlanishi” kerak chunki gavdaning oldinga harakat tezligi pasayadi. Yerdan uzilgandan keyin, sakrovchi chap qo‘li bilan langarga tayanmay qo‘yadi, lekin chap qo‘l bukikligicha kelib, oldinga langar tomon yo‘naltiriladi va gavda old tomonga yo‘naladi. Faqat chap qo‘l panjasigina kuchangan bo‘ladi. Sakrovchining to‘g‘ri chiziqli harakati (yugurib kelayotganda va osilganda) gavdaning mayatniksimon 317 silkinishiga o‘tishi natijasida, markazdan qochuvchi kup hosil bo‘ladi, u qo‘l ushlangan nuqtadan sakrovchi tanasi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Sakrovchi buni langarcho‘pdan tortib ketayotgan kuchdan his etadi. Markazdan qochuvchi kup ta’sirida langarcho‘p yanada ko‘proq egiladi. Markazdan qochuvchi kuch ta’siri eng ko‘p vaqti sportchining og‘irlik markazi bukilgan langarning tasavvurdagi xordasiga yetib, markazdan qochuvchi kuch yo‘nalishi bukilayotgan langar xordasiga mos kelganda bo‘ladi. Shuning uchun otilish paytida sportchi gavdasi bilan mumkin qadar tezroq oldinga siljishga harakat qiladi. Langarcho‘p bilan sakrashda uzoqlashish sakrovchining UOM langarcho‘pning egilgan vaqtidagi xordasiga yetganda boshlanadi. Sakrovchi oshish vaqtida yelka harakatini sekinlatishdan boshlanib, sakrovchi gavdasi gorizontal holatda bo‘lib, tos – son bo‘g‘imi eng ko‘p bukilgan vaqtda tugaydi. Yelka kamari ochilgan langarcho‘pning xordasiga etgan zahoti, sportchi qo‘llar kuchi bilan uning oldinga harakatini sekinlatadi. Shu bilan ketma-ket sportchi gavdaning oldin ga siljishi ham sekinlashtiriladi. Shu vaqtning o‘zida oyoqlarning ko‘ta- rilish tezligi ortadi. Uzoqlashayotganda sakrovchi, xuddi orqasida dumalayotgandek harakat qilib, tos va oyoqlarning tizzasi-yu, panja- lari kuchi bilan ko‘taradi. Langarcho‘p ta’sir etayotgan kuchni pasay- tirmaslik uchun, oyoqlar tizzasi barvaqt va keskin bukilmasligi darkor. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling