Yengil atletika va uni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

Uslubiy ko‘rsatmalar. Yurish va sekin yugurish vaqtida shug‘ul-
lanuvchilar langarcho‘pni ko‘tarib yugurishning o‘zlariga qulay 
usulini o‘zlashtiradilar. Keyinchalik har bir sakrovchining yugurish 
tayyorligiga qarab, uning uchun yugurib kelish uzunligi aniqlanadi. 
Buning ikkita qulay usuli bor:
a) shugullanuvchi depsinish joyida turib, orqaga qarab yuguradi 
va chap oyog‘i tushgan yerni belgilab, shu belgidan boshlab yugurib 
keladi;
b) shug‘ullanuvchi istagan yeridan boshlab yugurib kelib, lan-
garcho‘pni qumga suqadi. Langarni qumga suqqandagi va qutiga 
tiragandagi depsinish joylari orasidagi farqni aniqlab, yugurib kelish 
boshlanadigan joy shuncha nari yoki shuncha beri suriladi. Har gal 
yugurib kelishda erkin harakat qilish kerak.
3-vazifa. Depsinish texnikasini (langar tagiga kirib borish va 
osilish) o‘rgatish.
Vositalari: 
1. Vertikal turgan langarcho‘pni yuqoriga to‘g‘ri ko‘tarilgan qo‘l 
bilan ushlab, orqaga bir qadam tashlanadi va chap qo‘l bilan o‘ng 


323
qo‘ldan 30-40 sm pastroqdan ushlanadi. Keyin shu joyda tik turib
silkinch oyoqni uzunlikka sakrashdagi kabi harakatlantirib ko‘tarib, 
ko‘krakni langarcho‘pga tekkazishga intilish. 
2. Shuning o‘zi, lekin oldin bir qadam olg‘a qadam tashlab depsinish 
va langarcho‘pga osilishga o‘tish. 
3. Shuning o‘zi, lekin 2 qadam tashlab, o‘ng qo‘lni langarcho‘p 
bo‘ylab sirpantirib tushib, depsinish vaqtida langarcho‘pni chap qo‘l 
bilan tutib qolish. 
4. Arqonda xuddi langarcho‘pda depsingan holatda osilib turish. 
5. Shuning o‘zini poldan depsinib bajarish. 
6. Qisqa yugurib kelishdan arqonga yopishib olib, oldinga ko‘krak 
surib harakatlanib depsinish. 
7. Murabbiy yordamida langarcho‘p tagiga kirib borish. Sakrovchi 
depsinmaydi, murabbiy uni orqasiga qo‘lini qo‘yib, oldinga siljitadi. 
8. Bir do‘nglikdan ikkinchi do‘nglikka yoki ariqlardan hatlab 
sakrashlar. 
9. Qisqa yugurib kelib langarcho‘p tagiga kirib borish; depsinib 
birgina o‘ng qo‘lda osilib qolish.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling