Yengil atletika va uni


-vazifa. Langarcho‘pga osilib turganda oyoqlarni ko‘tarishni va  burilishni o‘rgatish. Vositalari


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

5-vazifa. Langarcho‘pga osilib turganda oyoqlarni ko‘tarishni va 
burilishni o‘rgatish.
Vositalari: 
1. 4-6 qadamdan yugurib kelib depsinib, langarcho‘pga osilish 
(langar, odatda, ushlanadigan yeridan 20-30 sm pastroq ushlanadi).
2. Shuning o‘zi, lekin langarcho‘p vertikal holatdan o‘tganidan 
keyin, ikki oyoqni olg‘a silkish.
3. Shuning o‘zi, lekin silkinch harakat oxirida depsinuvchi oyoq 
tomonga 180° burilish. 
4. Asta-asta oyoqni tobora yuqori silkib, langarcho‘pga yetkazishga 
harakat qilish.
5. Gimnastika snaryadlarida turli silkinishlar: xalqa, turnik va 
bruslarda olg‘a silkinib ko‘tarilish, aylanib ko‘tarilib, tayanib qolish 
va oyoqlarni yuqoriga tik ko‘tarish. 


325
6. Arqon va langarda mashqlar: qisqa yugurib kelib, sakrab arqonga 
osilib, oyoqlar bilan yuqoriga silkinib chap tomonga burilish. Shuning 
o‘zini planka ustidan o‘tib bajarish. 
7. Mustahkam o‘rnatilgan langarcho‘pga osilib, oyoqlarni ko‘p 
marta silkib ko‘tarish. 
8. Lapgarcho‘pning yuqorigi qismiga silkinuvchi oyoqni tegizishga 
harakat qilib, langarcho‘p bilan sakrash. Burilmasdan, oldinga yiqila 
turib, oyoqni tushirish. 
9. Langarcho‘pni qadab, qo‘lni bo‘shatmay, uning yuqori qismi 
tomon o‘girilish (langar chap tomonda qoladi). Chap oyoqni 
qo‘yib, o‘ng oyoqni olg‘a silkib, chap tomonga burilib, o‘ng oyoqni 
pasaytirmaslikka intilish.
10. Shuning o‘zini sakrab, o‘ng oyoqni tushirib va ikkala oyoqda 
yerga tushib bajarish. 
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oldin oyoq bilan gavdani silkib, keyin 
qo‘llarda tortilishga e’tibor berish kerak. Sakrash vaqtida sportchi 
langarcho‘pdan juda uzoqqa o‘tib ketmasliti kerak. Uzoqlashishga 
ko‘proq e’tibor berish kerak. Burilishdan keyin oyoqlarni barvaqt 
oldinga tushirmaslik kerak, yelka langarcho‘p yaqinida bo‘lsin. 
Sakrashda ham, yerga tushishda ham hamma vaqt muvozanat 
saqlashga e’tibor berilsin. Yerga tushish vaqtida langarcho‘p o‘ng 
yelka yonida, qo‘llar tirsagi yon tomonlarga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. 
Shug‘ullanuvchilarni yerga tushish texnikasi bilan ham tanishtirish 
kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan vositalardan asosiylari dastlabki 4 ta 
mashqdir. Uchinchi mashq – langarcho‘p bilan uzunlikka sakrab 
burilish – muhim mashqlardan biridir. Bu mashqda depsinish, 
langar tagiga kirib borish va uzun silkish elementlari, ya’ni sakrash 
texnikasining asosiy elementlari shiddat bilan bajariladi. Langarcho‘p 
bilan uzunlikka sakrashda texnikaning alohida elementlarini yaxlit 
texnikaga bog‘lab o‘rganish qulayroq bo‘ladi. Bunday sakrashga 
o‘rgatayotganda, o‘quv musobaqasi o‘tkazish foydalidir.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling