Yengil atletika va uni
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Yugurib kelish. Langarcho‘p bilan sakrovchilarning yugurib kelish
masofasi 35 metrdan 40 metrgacha bo‘lib, sakrovchi langarcho‘pni olib yugurishda u optimal tezlikda yugurishi kerakdir. Shu bilan birga yugurish erkin va qadamlarni qattiq, ya’ni ishonchli qo‘yilishi lozimdir. Langarcho‘pni ham qattiq ushlab, ortiqcha kuchanmasdan oyoq va qo‘l harakatlari uni tebranishiga olib kelmasligi kerak. Langarcho‘p ikki qo‘l bilan bel barobarida yon tomonda ushlani, chap qo‘lda depsinuvchi oyoq bilan bir xil holatda ya’ni oldinda langarcho‘pni yuqorisidan ushlanadi, uning besh barmog‘i ostidan qolgan barmoqlar ustidan ushlanadi, qo‘l esa teskarisi ya’ni bosh barmoq bilan ustidan, qolganlari ostidan ushlanadi. Langarcho‘pni turli xil ushlab yuguradilar: baland (langarcho‘pning oldingi uchi startda boshdan yuqoriroq ko‘tariladi 70 o gacha), o‘rtacha (langarcho‘pning oldingi uchi bosh barobarida) va uchinchi holati past bu langarcho‘pni gorizontal holatda bo‘lishidir. Langarcho‘pni ushlash balandligi sportchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasi va shaxsiy imkoniyatlariga qarab turli xil bo‘ladi. Sportchilarning malakasini oshirgan sari ushlash balandligi ham oshadi. Baland ushlagan holatda depsinish ham kuchli bo‘lishi zarurdir. 56-rasm. Langarcho‘p bilan sakrashga tayyorlanish va masofa bo‘ylab yugurish 314 Langarcho‘pni ushlashda chap va o‘ng qo‘l oralig‘idagi kengligi kattalarda 50-70 sm ni tashkil etadi. Yugurib kelish tezligi esa jahon miqiyosi darajasida 10 m/s ni tashkil etadi. Yugurib kelishning oxirgi qadamlarida depsinishga tayyorlanish ko‘rishda u langarcho‘pni oldinga chiqarib qutini orqa devoriga tiraydi. Depsinishga tayyorlanishda langarcho‘p asosan 3 qadamda oldin- ga uzatiladi. Depsinishdan oldin 4-5 qadamlarda langarcho‘pni oldingi uchi 25-30 o ga tushiriladi. Shundan sung oxirgi uch qadamda langarcho‘pni uchi quttiga qo‘yiladi. Bunda harakatlarni sinxron bajarilishiga erishish zarardir. Depsinuvchi oyoqni depsinish joyiga qo‘ygandan so‘ng chap qo‘l barmog‘i depsinish joyining eng yuqori holatida bo‘lishi kerak. Depsinishga silkinch oyoqni faol ishlashi va qo‘lni ko‘krakdan siltash ya’ni tez harakat qilish yordam beradi (55-rasm). Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling