Yengil atletika va uni


 200mga yugurish, s 27.5 – 28.0 26.5 – 27.0 4


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/327
Sana21.11.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1791836
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   327
Bog'liq
admin, Енгил атлетика дарслик

3. 200mga yugurish, s
27.5 – 28.0
26.5 – 27.0
4. 600mga yugurish, s
1.50.0 – 1.53.0

5. 800mga yugurish, s

2.28.0 – 2.30.0
6. Turgan joydan uzunlikka sakrash, m
2.20 – 2.10
2.40 – 2.30
7. Turgan joydan uch hatlab sakrash, m
6.70 – 6.50
7.00 – 6.80
2.6. Chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilish bosqichi
Bu bosqichning davomiyligi 3 – 4-yilni tashkil qiladi. Mashq 
qiluvchilarning yoshi: katta yoshdagilar (16 – 17 yosh) va yoshlar yoki 
yunior (18 – 19 yosh) guruhidan tashkil topadi. Bu guruhlar jismoniy 
va morfologik belgilariga ko‘ra sezilarli darajada o‘zaro farqlanadi. 
Shu sababli, bu yosh guruhlarida mashg‘ulotlar jarayoni ushb 
farqlanishlar hisobga olinishi asosida tuzib chiqilishi talab qilinadi. 
Qarab chiqilayotgan bosqichning dastlabki ikki-yil davomida amalga 
oshiriluvchi mashg‘ulotlar keng ko‘lamdagi mashg‘ulotlar vositalari 
yordamida belgilangan vazifalarni hal qilishga yo‘naltiriladi. Bunda 
umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) sezilarli o‘rinni egallaydi. 
Mashg‘ulotlar yuklamalarining sakrash tarzidagi ortib borishi – bu 
bosqichning asosiy o‘ziga xosligini belgilab beradi. Navbatdagi ikki-
yil davomida (18–19 yosh) tayyorgarlik nisbatan ko‘proq darajada 
ixtisoslashtirilish tavsifiga ega hisoblanadi. Mashg‘ulotlarning 


532
bajarilishi intensivligi keskin ortadi. Foydalaniluvchi mashg‘ulotlar 
vositalari tavsiflari asosiy musobaqa mashqlariga maksimal darajada 
yaqinlashtiriladi.
Har bir yoshga oid guruhlarda yettikurash bilan shug‘ulla-
nuvchilarning erishuvchi sport darajalari quyidagilardan tashkil 
topadi: qizlar uchun (16 – 17 yosh) – I razryad uchun belgilangan 
normativlarni bajarish; ayollar uchun (18 – 19 yosh) – sport ustasi 
nomzodi uchun belgilangan normativlarni bajarish.
Bu bosqichning maqsadi: sportchilar organizmining funksional 
potensialini oshirish va ko‘pkurash tarkibiga kiritiluvchi yengil atletika 
turlar bo‘yicha texnik mahoratni shakllantirishdan tashkil topadi. 
Bu bosqichning vazifalari: ko‘pkurash turlarida texnikani takomil-
lashtirish; maxsus kuchga oid tayyorgarlik va maxsus chidamlilik 
darajasini oshirish; yugurish tezligini oshirish; ma’naviy – axloqiy 
va iroda sifatlari darajasini oshirish; musobaqa amaliyoti tajribasini 
egallashdan tashkil topadi. 
Yillik stiklda ko‘pkurashchilarning mashg‘ulotlar va musobaqa 
yuklamalari parametrlari 22 – jadvalda keltirilgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan musobaqa yuklamalari hajmini o‘zlash-
tirish rejalashtirilgan natijalarga erishish va shuningdek,, sportga oid 
takomillashish bosqichida nisbatan yuqori intensivlikdagi katta hajmga 
ega bo‘lgan yuklamalarni bajarishga qiynalmasdan o‘tish imkonini 
beradi. Bu bosqichda mashg‘ulotlar jarayonining muvafaqiyatli amalga 
oshirilishi haqida jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun belgilangan 
nazorat normativlarini bajarish bo‘yicha xulosalar chiqarish mumkin.
Bu davr kuch va tezlik – kuch sifatlarining rivojlantirilishi uchun 
qulay hisoblanadi. Bunda shtanga va boshqa og‘irlik yuklamalari bilan 
bajariluvchi mashqlardan keng foydalaniladi.


533
22 – jadval 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling