Yengil atletika va uni
Tayyorgarlik bosqichida asosiy mashg‘ulotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
admin, Енгил атлетика дарслик
Tayyorgarlik bosqichida asosiy mashg‘ulotlar
vositalarining taxminiy hajmi № Mashg‘ulot vositalari Hajmi 1. Mashg‘ulotlar soni 160 – 180 2. Musobaqalar soni, marta 3 – 5 3. 30 – 60 mga oxirgi tezlikda yugurish 6 – 7 4. Kross, km 60 – 70 5. Balandlikka sakrash, marta 400 – 450 6. Uzunlikka sakrash, marta 250 – 300 7. Tennis koptogi, marta 400 – 450 8. G‘ovlar osha yugurish, g‘oclar soni 2500 19 – jadval Tayyorgarlik bosqichda yosh ko‘pkurashchilar uchun nazorat normativlari № Nazorat meyorlari Hajmi 1. Erkin holda 30 mga yugurish, s 4.0 – 4.2 2. Stardan 30 mga yugurish, s 5.1 – 5.2 3. Turgan joydan uzunlikka sakrash, sm 200 – 190 4. Turgan joydan uch hatlab sakrash, sm 630 – 610 5. Tennis koptogi (150 g), m 40 – 36 6. Uzunlikka sakrash, m 4.40 – 4.10 2.5. Boshlang‘ich ixtisoslashtirish bosqichi Bu bosqich yettikurash turlari texnikasini o‘rganish nuqtai nazarida yuqori sinfga mansub sportchilarni tayyorlash jarayonining eng muhim halqalaridan biri hisoblanadi. Bu bosqichninga asosiy vazifalari quyidagilardan tashkil topadi: 1.Yettikurash dasturi tarkibiga kiritilgan yengil atletika turlari texnikasi asoslarini egallash; 2.Epchillik va tezlik – kuch sifatlarini rivojlantirish; 3.Axloqiy – ma’naviy, iroda sifatlarini rivojlantirish. Ama liy tajribalar va eksperimental tadqiqotlar natijalarini umum- lash tirish asosida aniqlanishicha, boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bos - 529 qichida turlarni o‘rganishning quyidagi ketma – ketligi nisbatan sa- marali hisoblanadi: 1-yil: to‘siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash va nayza uloq- tirish uchun tayyorgarlik va maxsus mashqlarni o‘rganish; to‘ siqlar osha yugurish va nayza uloqtirish; 2-yil: yugurib kelib balandlikka sakrash va uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish bo‘yicha boshlang‘ich va maxsus mashqlarn o‘rganish. Yugurib kelib balandlikka sakrash; to‘siqlar osha yugurish, nayza uloqtirish texnikasini takomillashtirish; 3-yil: yadro uloqtirish va yugurib kelib uzunlikka sakrash tex- nikasini o‘rganish; to‘siqlar osha yugurish, nayza uloqtirish va yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini takomilashtish. Yettikurashda yengil atletika turlarini o‘qitishning tavsiya qilingan ketma – ketligi boshlang‘ich ixtisoslashtirilish davrida barcha-yil lar davomida mashqlarning bir butunlikda bajarilishini mustasno qil- maydi, balki bunda ushbu holat ustuvorlikni belgilab beradi holos. Ushbu bosqichda mashg‘ulotlar jarayonini-yillik stikl bo‘yicha tuzib chiqish ko‘pincha holatlarda ikkita siklli tavsifga ega hisoblanadi. Bu bosqichda bitta siklli rejalashtirish nisbatan murakkabroq ko‘rinishda amalga oshiriladi va shu sababli, bu bosqichda sportchilar o‘z navbatida ko‘pkurash dasturi tarkibida ikkita – uchta turda yaxshi natijalarga erishishni hisobga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi, qish mavsumida va shuningdek,, yozgi mavsumda o‘tkaziluvchi yuqori rangdagi musobaqalar ko‘pkurash dasturi tarkibida bunda aynan ushbu ko‘pkurash turlari bo‘yicha raqobatlashish amalga oshirilishi e’tiborga olinadi. Bu holat sportchilarda musobaqa tajribasi egallanishi va musobaqa sharoitlarida o‘z imkoniyatlari darajasini tekshirib ko‘rish imkonini beradi. Oldingi bosqichga nisbatan solishtirilganda mashg‘ulotlar yuklama- larining-yillik hajmi-yildan-yilga 10 – 12%ga ortadi (20 – jadval). Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish bosqichi tugallanishida yosh ko‘pkurashchilar ayollar o‘rtasidagi yettikurashning barcha turlari bo‘yicha asosiy texnikalarni egallagan bo‘lishlari talab qilinadi. Bundan tashqari, ko‘pkurashda sportchilarning navbatdagi davrlarda takomillashtirilishi davomida jismoniy jihatdan ma’lum bir aniq darajada rivojlanishga ega bo‘lishlari talab qilinadi. 530 Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun mezon sifatida quyidagi 21 – jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar xizmat qilishi mumkin. Boshlang‘ich ixtisoslashtirilish tugallanishida ko‘pkurashchilar- ning orasidan quyidagi uchta tipdagi sportchilar ajratib olinadi: 1. Yugurish va sakrash bo‘yicha mashqlarni nisbatan muvafaqqiyatli o‘zlashtiruvchilar. 2. Uloqtirish va sakrash mashqlarini nisbatan nisbatan muvafaq- qiyatli o‘zlashtiruvchilar. 3. Ko‘pkurashning barcha turlarini yaxshi o‘zlashtiruvchi, «univer- sal» ko‘pkurashchilar. 20 – jadval Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling